Tramp 3 yilda raketaga qarshi yangi mudofaa tizimi yaratilishini e’lon qildi
Donald Tramp 3 yil ichida 175 milliard dollarga AQSh uzra yangi raketaga qarshi mudofaa tizimi - "Oltin gumbaz" yaratilishiga va’da berdi. Respublikachi «Prezident Reygan 40 yil avval boshlagan ishni yakunlayotganini» aytdi.

Foto: Kevin Lamarque/REUTERS
Donald Tramp AQSh uzra umumiy qiymati 175 milliard dollar bo‘lgan «Oltin gumbaz» nomli yangi raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratish rejasini ma’lum qildi. 20 may, seshanba kuni Oq uyda o‘tkazilgan brifingda so‘zlagan AQSh prezidenti yangi tizimni «chet eldan kelayotgan raketa hujumlaridan himoya qiluvchi raketa qalqoni» deb atadi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, yangi tizim gipertovushli, ballistik va qanotli raketalarni urib tushira oladi. U quruqlikda, dengizda va koinotda joylashtiriladi. «Ba’zi radarlar va tutqichlar koinotga joylashtiriladi», — deya aniqlik kiritdi respublikachi. Xuddi shu brifingda AQSh mudofaa vaziri Pit Xegsetning aniqlik kiritishicha, yangi tizim oddiy yoki yadroviy qurol bo‘lishidan qat’i nazar, turli turdagi raketalar va dronlarni tutib olish uchun mo‘ljallangan.
Donald Trampning ta’kidlashicha, tizim «taxminan uch yildan keyin» prezidentlik muddati tugagunga qadar ishga tushishi kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kanada rasmiylari raketaga qarshi mudofaa tizimiga qo‘shilishni istamoqda va muzokaralar kutilmoqda. «Oltin gumbaz» dasturi rahbari AQSh kosmik kuchlari boshlig‘ining o‘rinbosari, general Maykl Getleyn bo‘ladi.
Tramp Isroilning shunga o‘xshash nomdagi «Temir gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimini tilga olib, Amerikaning «Oltin gumbazi» «juda rivojlangan» bo‘lishini ta’kidladi.
Mavzuga oid

18:51
Tramp ijtimoiy tarmoqlardan shahvoniy-dipfeyk tasvirlarni o‘chirishni talab qiluvchi qonunni imzoladi

15:36
Ukraina qonga belanmoqda, Tramp qo‘lini yuvmoqda, Yevropa tomoshabin – siyosatchilar, ekspertlar va jurnalistlar Putin va Tramp muloqoti haqida

14:08
Germaniya TIV: AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritadi

13:32