Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi
AQSh Mudofaa vazirligi samolyotni prezident samolyoti bo‘lishidan oldin xavfsizlik va ishlash standartlariga javob berish uchun qayta jihozlashini bildirdi.

Foto: Roberto Shmidt / AFP / Getty Images
AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset Qatar AQSh prezidenti Donald Trampga sovg‘a qilgan 400 million dollarlik Boeing 747 samolyotini rasman qabul qildi. Bu haqda 21 may, chorshanba kuni Pentagon bayonotiga tayanib, CNN xabar berdi.
AQSh harbiy idorasi vakili Shon Parnelning so‘zlariga ko‘ra, samolyot Air Force One prezidentlik borti bo‘lishidan oldin «tegishli xavfsizlik choralari va samolyotning ishlashi talablari bajarilishini ta’minlash» uchun qayta jihozlanadi. Amaldagi va sobiq amaldorlarning CNN'ga aytishicha, bunday yangilanish ikki yil davom etishi va samolyotning o‘zi narxidan bir necha barobar qimmatga tushishi mumkin.
Shu bilan birga, xabardor manbaning telekanalga aytishicha, samolyotni topshirish bo‘yicha kelishuv hali yakunlanmagan va yuridik guruhlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Tramp ma’muriyati Qatar qirollik oilasidan hashamatli Boeing 747-8 samolyotini sovg‘a sifatida olishga hozirlanayotgani haqidagi xabar ilk bor 12 may kuni OAVda paydo bo‘lgan edi. Kutilishicha, AQShning amaldagi prezidentining vakolat muddati tugagach, «uchar saroy» deb atalgan samolyotga egalik huquqi Tramp prezidentlik kutubxonasi fondiga o‘tadi.
Mavzuga oid

22:38 / 22.05.2025
Tramp Oq uyda JAR prezidentini «oqtanlilar genotsidi» ayblovi bilan kutib oldi

22:22 / 22.05.2025
Sud Trampga Ta’lim vazirligining barcha xodimlarini ishga qaytarish majburiyatini yukladi

18:51 / 21.05.2025
Tramp ijtimoiy tarmoqlardan shahvoniy-dipfeyk tasvirlarni o‘chirishni talab qiluvchi qonunni imzoladi

15:36 / 21.05.2025