Sud Yakkasaroyda aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan mehmonxona qurilishini vaqtincha to‘xtatdi
Toshkentning Jambul ko‘chasida boshlangan 5 qavatli ofis va mehmonxona binosini qurish uchun shahar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan berilgan ijobiy xulosasini haqiqiy emas deb topish bo‘yicha sudga ariza kiritilgan. Aniqlanishicha, bu qurilishga yon atrofdagi qo‘shnilarning ruxsati olinmagan.

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Jambul ko‘chasida yashovchi bir guruh fuqarolar Toshkent tumanlararo ma’muriy sudiga ariza kiritib, Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining 2024 yil 15 iyuldagi 125381700-sonli ijobiy xulosasini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.
Ma’lum bo‘lishicha, Jambul ko‘chasi 2-uyning egasi fuqaro S.N. 5 qavatli ofis va mehmonxona binosini qurishni boshlagan. U buning uchun Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasidan 2024 yil 15 iyulda 125381700-sonli ijobiy xulosa olgan. Ammo buning uchun ushbu manzilga yondosh yashovchi qo‘shnilarning roziligi olinmagan bo‘lgan.
Qo‘shnilar bu loyihadan 2025 yil may oyiga kelib, ya’ni qurilish ishlari boshlangach xabar topishgan.
Ishni ko‘rib chiqayotgan sudya Olim Shamsiyev arizachilarning dastlabki himoya chorasi qŭllash haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirishni lozim topdi va 2025 yil 20 may kungi ajrim bilan, Toshkent shahar Yakkasaroĭ tumani Jambul kŭchasi 2-uy manzilida qurilayëtgan obektning qurilish-montaj ishlarini vaqtincha to‘xtatish buyurildi.
Ajrim nusxasi darhol ijro qilish uchun Majburiĭ ijro byurosi Yakkasaroĭ tuman bŭlimiga yuborilgan.
Taraflar sudning ajrimi ijro qilinmaganda mansabdor shaxsga nisbatan Ma’muriĭ sud ishlarini yuritish tŭg‘risidagi kodeksning 122-moddasiga asosan sud jarimasi qŭllanishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.
Mavzuga oid

19:00 / 22.05.2025
Toshkentdagi “Gumma-Xonim ” ovqatlanish markazi buyurtmalar uchun sall-markazni ishga tushirdi

19:45 / 21.05.2025
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

23:56 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi

20:52 / 20.05.2025