Jamiyat | 18:07
989
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri 24 maygacha yopildi

KHAYning Oqqo‘rg‘on ko‘chasi kesishmasidan Katta Darxon ko‘chasiga kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi vaqtincha yopiladi.

Toshkent shahar hokimligi Mirzo Ulug‘bek tumanidan o‘tuvchi ko‘chalardan biri vaqtincha yopilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilish-ta’mirlash ishlari sababli Kichik halqa avtomobil yo‘lining Oqqo‘rg‘on ko‘chasi kesishmasidan Katta Darxon ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi 22 may soat 15:00 dan 24 may soat 06:00 gacha barcha transport vositalari uchun yopilgan.

Haydovchilarga ko‘rsatilgan davr mobaynida muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya qilinadi.

Avvalroq «Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha 24 mayga qadar yopilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid