SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
Mart oyidagi sinov parvozi vaqtida Starship raketasi portlab ketgan edi. SpaceX mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tergov natijalari bilan bo‘lishdi.

Foto: Reuters
Ilon Maskning SpaceX aerokosmik kompaniyasi mart oyidagi sinov vaqtida portlab ketgan Starship raketasiga oid tergov natijalarini e’lon qildi.
Ma’lumotlar tahlili 6 mart kungi avariya Raptor dvigatellaridan biridagi uskunaning ishdan chiqishi hisobiga sodir bo‘lganini ko‘rsatgan. Bu havo kemasining pastki qismida yonilg‘ining boshqarib bo‘lmaydigan yonishini yuzaga keltirgan va oqibatda uchta qo‘shni dvigatelning o‘chishi sodir bo‘lgan. Aloqa uzilganidan ikki daqiqa o‘tib, tizim avtomatik ravishda boshqarilmaydigan pog‘onani yo‘q qilgan.
Ushbu hodisaga qaramay, missiya qisman muvaffaqiyatli kechdi, deb hisoblangan: Super Heavy’ning birinchi pog‘onasi Texasdagi start maydonchasiga ilk bor boshqariluvchan qaytishni amalga oshirgan. Qo‘nish vaqtida 13 ta dvigateldan faqat 12 tasi ishlagan — yuzaga kelgan muammo alanga oldiruvchi qurilmalarning qizib ketishi bilan bog‘liq.
SpaceX 27 may kuni to‘qqizinchi sinov parvozini amalga oshirishini e’lon qildi.
Avvalroq Texas aholisi SpaceX shahrini tashkil etishni yoqlab ovoz bergandi. Kompaniyaning Texasda joylashgan Starbase bazasi shu nomdagi alohida shaharga aylantiriladi. Mahalliy aholi o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish jarayonlarida ushbu tashabbus qo‘llab-quvvatlangan.
Mavzuga oid

23:30 / 04.05.2025
Texas aholisi SpaceX shahrini tashkil etishni yoqlab ovoz berdi

17:37 / 22.04.2025
Yevropa orbitada kosmik oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba boshladi

22:22 / 18.04.2025
«O‘zbekkosmos» SpaceX bilan sun’iy yo‘ldosh uchirish imkoniyatini muhokama qildi

21:39 / 17.04.2025