O‘zbekiston | 22:51 / 27.05.2025
7714
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Oliy ta’lim vazirligida boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Otabek Bozorov Namangan viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Otabek Bozorov Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 27 may kuni hokimlik binosida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Otabek Bozorov jamoatchilikka tanishtirilgan.

Tayinlovga qadar Otabek Bozorov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Akramjon Abduhamidov Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan ketgani, uning o‘rnini esa Zuhriddin Bahriddinov egallagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid