O‘zbekiston | 12:56 / 28.05.2025
1154
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning YeIdagi missiyasi rahbari Yevrokomissiya raisiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi rahbari, elchi G‘ayrat Fozilov Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyenga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi rahbari G‘ayrat Fozilov Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyega ishonch yorliqlarini topshirdi.

Tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayye joriy yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan birinchi "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" sammiti yakunlarini yuksak baholadi.

Yevrokomissiya rahbari YeIning O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish tarafdori ekanini tasdiqladi.

Mavzuga oid