Shveytsariya 71 ta Leopard tankining Germaniyaga sotilishiga ruxsat berdi
Ushbu tanklar RUAG MRO kompaniyasiga tegishli. Shartnomaga ko‘ra, bu tanklar Ukrainaga qayta eksport qilinmasligi kerak.

Foto: Getty images
Shveytsariya Iqtisodiyot vazirligi (EAER) Germaniyaga 71 ta Leopard 1 A5 tankini Ukrainaga qayta eksport qilmaslik sharti bilan sotishga ruxsat berdi. Bu haqda konfederatsiyaning federal kengashi press-relizida so‘z boradi.
Tanklar Italiyada saqlanayotgan va Shveytsariyaning RUAG MRO qurolsozlik konserni bo‘linmasiga tegishli texnikalar hisobidan yetkaziladi. Umumiy hisobda kompaniyada 2016 yili Italiya Mudofaa vazirligidan sotib olingan 96 ta tank mavjud. 25 ta zirhli mashinaga egalik huquqi hozirga qadar bahsli bo‘lib qolmoqda. 2023 yil 28 iyunda Shveytsariya hukumati ushbu tanklarni Ukrainaga yuborish maqsadida Germaniyaga sotishni taqiqlagan edi.
Shundan keyin RUAG MRO mazkur tanklarni sotishga ruxsat olish uchun ariza bergan. Ehtimoliy xaridorlar qatorida Germaniyada joylashgan kompaniya ham bor edi. Shartnomada mashinalarni Ukrainaga har qanday sharoitda berish istisno qilingan. Natijada Iqtisodiyot vazirligi RUAG MRO kompaniyasi Italiyada joylashgan o‘z tanklarini Germaniya kompaniyasiga sotishi uchun ruxsat shart emas degan qarorni chiqardi.
«Tomonlarning tanklar, butlovchi qismlar va jihozlarni Ukrainaga topshirmaslik bo‘yicha shartnomaviy kafolatlarini inobatga olgan holda, rejalashtirilgan savdo harbiy texnika yetkazib berishga qo‘yilgan embargo talablariga zid emas», — deya aniqlik kiritadi vazirlik.
2024 yil dekabrda Germaniya Mudofaa vazirligi 650 million yevrolik harbiy yordam paketi doirasida Ukrainaga IRIS-T havo hujumidan mudofaa tizimlari, dronlar va Leopard-1 tanklarini yetkazib berishini e’lon qilgandi. Bild ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya Ukrainada 2,5 ming kilometrgacha ucha oladigan raketalar ishlab chiqarishni moliyalashtirishi mumkin.
Mavzuga oid

19:50 / 29.05.2025
Shveytsariyada muzlik ko‘chishi oqibatida deyarli butun bir qishloq vayron bo‘ldi

15:50 / 29.05.2025
Germaniyada uch nafar rossiyalik josusga ayblov e’lon qilindi

15:05 / 29.05.2025
Germaniya: Kiyev bilan birgalikda qurol ishlab chiqarish tez orada boshlanadi

13:12 / 29.05.2025