Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
Rossiya poytaxtiga UUA hujumi fonida Domodedovo, Jukovskiy, Vnukovo va Sheremetevo aeroportlarida vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

Foto: Shutterstock/FOTODOM/isoprotonic
Moskva 28 may, chorshanbaga o‘tar kechasi yirik dron hujumiga uchradi. 27 may kechki paytdan 28 may soat 3.26 gacha Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin Telegramʼda jami 33 ta uchuvchisiz uchish apparati tomonidan qilingan hujumlar haqida ma’lum qildi.
Merning postlariga ko‘ra, bu dronlarning barchasi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan. Sobyanin qaysi obektlar ularning nishoni bo‘lishi mumkinligi va hujumlarning ehtimoliy oqibatlari haqida ma’lumot bermadi.
Ayni paytda Rosaviatsiya vakili Artem Korenyako 28 mayga o‘tar kechasi Telegramʼda fuqarolik samolyotlari parvozlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida avvaliga Domodedovo aeroportida, keyinroq Vnukovo, Jukovskiy va Sheremetevo aeroportlarida ham ularning parvoziga vaqtinchalik cheklovlar kiritilganini yozdi.
Xuddi shunday choralar Vladimirdagi Semyazino aeroportida, Ivanovodagi Yujniy aeroportida, Kostromadagi Sokerkino va Yaroslavldagi Tunosha aeroportlarida ham amalga oshirilgan, deyiladi boshqa xabarda.
Ayni paytda "Moskvach" Telegram-kanali yarim tunda Moskva viloyatidagi Troitsa va Podolsk shaharlari aholisiga tayanib, u yerda «portlashlar» eshitilgani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid

11:21
Ukraina droni Moskvadagi ko‘p qavatli turar joy binosiga borib urildi

20:48 / 28.05.2025
Rossiyada qurilishdagi noqonuniy migrantlarni aniqlash uchun drondan foydalanildi

20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi

10:30 / 15.05.2025