Jamiyat | 13:21 / 28.05.2025
2063
2 daqiqa o‘qiladi

Yozgi oromgohlar uchun yo‘llanmani onlayn olish imkoni yaratildi

My.gov.uz'da sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanma olish xizmati ishga tushirildi. 

Foto: O‘zA

Yozgi ta’tilda bolalar vaqtini mazmunli tashkil etish uchun my.gov.uz'da sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanma olish xizmati ishga tushirildi

Endi ota-onalar o‘z farzandlari uchun qulay mavsum va oromgohni tanlab, uydan chiqmasdan turib ariza yo‘llashi va to‘lovni amalga oshirib, yo‘llanma olishi mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun:

  • my.gov.uz portalidan «Bolalar oromgohlariga yo‘llanma olish uchun ariza berish«ni tanlanadi;
  • yo‘llanma olmoqchi bo‘lgan farzandingizni belgilanadi;
  • oromgoh va qulay mavsumni ko‘rsatiladi;
  • to‘lovni amalga oshirib, elektron yo‘llanma olinadi.

Yo‘llanma to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng avtomatik ravishda shakllanadi.

Yo‘llanma band qilingach, 30 daqiqa ichida to‘lov to‘liq amalga oshirilmasa, u avtomatik tarzda bekor bo‘lib, band qilingan yo‘llanma qayta sotuvga chiqariladi.

Bolalar oromgohlariga yo‘llanma 7−14 yoshdagi bolalarga beriladi.

Mavzuga oid