Sarmoya va hordiq birlashgan joy: Chorvoq Darvozasi
Chorvoq Darvozasi - tog‘da uyli bo‘lishni va foydali investitsiyani orzu qilganlar uchun yangi imkoniyatlar.

Foto: Dream City
Majmua Chorvoq tog‘larining markaziy qismida joylashgan bo‘lib, tabiatning osoyishtaligini zamonaviy qulayliklar bilan uyg‘unlashtiradi.
Bu joy nafaqat sokin shahar tashqarisidagi hayot uchun, balki ichki turizmning o‘sishi fonida ijaradan barqaror daromad olish uchun ham jozibali hisoblanadi.
Xarid uchun qulay shartlar mavjud: 24 oygacha foizsiz muddatli to‘lov.
Chorvoq Darvozasi to‘liq yashash muhitini shakllantiradi: hovuzli qo‘riqlanadigan hovlilar, bolalar va sport maydonchalari, sayr yo‘laklari, yashil hududlar, kafe, restoran va do‘konlar. Hududda KFC, Costa Coffee va Papa John’s kabi xalqaro brendlar faoliyat yuritadi, yozda esa dunyodagi eng yirik mehmonxona tarmoqlaridan biri — Wyndham o‘z faoliyatini boshlaydi. Majmuaning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri — akvapark bo‘lib, u dam oluvchilar uchun markazga aylanadi. Bundan tashqari, har yoshdagi bolalar uchun turli xil o‘yin zonalarini o‘z ichiga olgan katta bolalar maydonchasi quriladi. Aholi va mehmonlar qulayligi uchun yerosti va yerusti avtoturargohlar ko‘zda tutilgan.
Investorlar uchun ishonchli boshqaruv xizmati mavjud: boshqaruvchi kompaniya ijaraga berishning barcha bosqichlarini o‘z zimmasiga oladi — e’lon joylashtirishdan boshlab, mehmonni kutib olish, tozalash va xizmat ko‘rsatishgacha. Bu esa xonadoningizni egasi ishtirokisiz barqaror passiv daromad manbaiga aylantiradi.
Loyihani quruvchi Dream City, O‘zbekistonning ilg‘or developer kompaniyalardan biri bo‘lib, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan ko‘plab turar joy va tijorat loyihalari tajribasiga ega.
Batafsil ma’lumot olish, xarid shartlarini hisoblash va mos variant tanlash uchun Toshkentdagi savdo ofisimizga murojaat qiling — biz siz uchun obektga qulay sayohatni ham tashkil qilamiz. Shunda siz o‘z ko‘zingiz bilan loyiha ko‘lami, manzaralari va sifatini baholaysiz.
Chorvoq Darvozasi — noyob tabiiy joylashuvdagi ishonchli aktiv va yuqori salohiyatga ega sarmoya.
Savdo ofisi manzili: Furqat ko‘chasi, “Tashkentcity” XIM, 1-blok, Toshkent, O‘zbekiston
Website : dreamcity.uz
Instagram : @dreamcity.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

09:00 / 06.02.2021
Dream City sotuv ofisida Seoul Mun shourumi ochildi

11:00 / 19.12.2020
Boulevard Business Center biznesingizning nufuzini aks ettiradi

08:30 / 02.12.2020
Tashkent City'dagi Boulevard biznes markazi eksklyuziv savdo maydonini taklif etadi

08:10 / 01.10.2020