Xitoy o‘zining ko‘p martalik tashuvchi raketasini sinovdan o‘tkazdi
Hiker turiga kiruvchi raketa muvaffaqiyatli uchirildi va Yerga yumshoq qo‘nishni amalga oshirdi.

Foto: Sepoch
Xitoyning Beijing Space Epoch Technology Co (Sepoch) tijoriy kosmik kompaniyasi mamlakatdagi ilk ko‘p martalik foydalaniladigan Hiker turidagi raketa muvaffaqiyatli uchirilgani va Yerga qaytarilganini e’lon qildi, deb yozmoqda Global Times.
Qayd etilishicha, raketaning uchish massasi qariyb 57 tonnaga teng, u kislorod-metanli dvigatel bilan jihozlangan, diametri 4,2 metr va umumiy balandligi esa 26,8 metrga yetadigan korpusi zanglamaydigan po‘latdan ishlangan.
Sinov parvozi 125 soniyani tashkil etgan, maksimal balandlik — 2,5 kilometr. Shundan keyin raketa Shandun provinsiyasi sohillari yaqinidagi maxsus dengiz platformasiga yumshoq qo‘nishni amalga oshirgan.
Kuni kecha SpaceX kompaniyasining Starship raketa tizimi to‘qqizinchi sinov parvozini muvaffaqiyatsiz yakunlagan edi. Kema belgilangan orbitaga qadar ko‘tarilgan, ammo ma’lum vaqtdan keyin parvoz balandligini boshqarish tizimi ishdan chiqqan. Startdan 10 daqiqa o‘tib, u bilan aloqa uzilgan. Shunga qaramay, kema tezlatkichi avtomatik rejimda Avstraliya shimoli-g‘arbiga boshqariluvchan yumshoq qo‘nishni amalga oshirgan.
Mavzuga oid

14:11 / 30.05.2025
Bloomberg: Xitoy Rossiyaga dron yetkazib berishni ko‘paytirdi

22:44 / 29.05.2025
Xitoylik erkak paraplanda tasodifan 8589 metr balandlikkacha ko‘tarildi

19:31 / 29.05.2025
Tramp Amerika universitetini yuz minglab xitoylik talabalardan «tozalashga» qaror qildi

11:02 / 29.05.2025