O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
26231
1 daqiqa o‘qiladi

Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi

2025 yilning yanvar-aprel oylarida, respublika bo‘yicha 266 478 ta tirik tug‘ilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tug‘ilishlarning hududlar kesimi bo‘yicha taqsimlanishi bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda - 32 118 ta.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Farg‘ona viloyati – 30 371 ta
  • Qashqadaryo viloyati – 29 792 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 24 599 ta;
  • Andijon viloyati – 23 513 ta;
  • Namangan viloyati – 22 843 ta;
  • Toshkent viloyati – 20 698 ta;
  • Toshkent shahri – 20 023 ta;
  • Xorazm viloyati – 12 447 ta;
  • Buxoro viloyati – 12 390 ta;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 11 896 ta;
  • Jizzax viloyati – 11 787 ta;
  • Navoiy viloyati –  7 367 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 6 634 ta.

Mavzuga oid