Rossiya Mudofaa vazirligi urushda shikastlangan texnikalarni metallolom uchun sotmoqda
"GIS Torgi" portalida Rostov viloyatida Rossiyaning o‘nlab shikastlangan harbiy texnikalari sotilishi haqida lotlar paydo bo‘ldi, deb ta’kidladi mintaqaviy nashr. Kimoshdi savdosi 30 iyunga belgilangan.

Foto: Bernd Friedel/IMAGO
Rossiya Mudofaa vazirligi Rostov viloyatida Ukrainaga qarshi urushda shikastlangan o‘nlab harbiy texnikani metallolom uchun sotmoqda. "161.ru" mintaqaviy nashri "GIS Torgi" portalida uchta lotning paydo bo‘lganiga e’tibor qaratdi: ulardan birinchisining boshlang‘ich narxi 4,37 million rubl, ikkinchisi — 4,39 million, uchinchisi — 3,2 million. Maqolada ta’kidlanganidek, ishlamaydigan harbiy texnika sotuvchisi Rossiya Mudofaa vazirligining «Mulk munosabatlari bo‘yicha maxsus hududiy boshqarmasi» federal davlat budjeti muassasasi hisoblanadi.
The Moscow Time nashrining ta’kidlashicha, vazirlik ushbu auksionlarda rasman «qora va rangli metall» sotyapti, ammo auksionlarga ilova qilingan fotosuratlarda shikastlangan harbiy texnikani tanib olish oson. Lotlarning tushuntirish matnida T-80, T72BZ, T62 tanklari, piyoda askarlar jangovar mashinalari (BMP), shuningdek, turli modifikatsiyadagi bronetransportyorlar (BTR) sotilayotgani aytiladi. Xabarga ko‘ra, bu «tovar»larning barchasi Rostov viloyati Myasnikovskiy tumanidagi Petrovka qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, olib ketish sharti bilan sotiladi, biroq bunga qadar xaridor «qora metallolomlarni xarid qilish, qayta ishlash va sotish huquqini beruvchi litsenziya» taqdim etishi shart. Kimoshdi savdosi 30 iyunga belgilangan.
Ukrainada harbiy texnikani yo‘q qilishning tasdiqlangan holatlarini kuzatib boruvchi Oryx saytiga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari keng ko‘lamli hujum boshidan buyon 21 883 ta harbiy texnikani yo‘qotgan, ulardan 16 766 tasi yo‘q qilingan, 895 tasi shikastlangan, 1 164 tasi tashlab ketilgan va 3 058 tasi Ukraina qurolli kuchlari tomonidan egallab olingan.
Mavzuga oid

16:55
Rossiya Zaporojiye yo‘nalishida hujum boshladi – Sirskiy

14:42
Rossiya TIV: AQSh Isroilni Falastin davlatini yaratish istiqbollarini yo‘q qilishda qo‘llab-quvvatlayapti

13:41
AQSh Rossiyaga yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi

10:41