Jahon | 18:39 / 31.05.2025
3892
2 daqiqa o‘qiladi

Istanbul meriyasining 30 nafardan ortiq xodimi hibsga olindi

Hibslar shahar sobiq meri Akrom Imomo‘g‘liga qarshi qo‘zg‘atilgan korrupsiya ishi doirasida amalga oshirilmoqda.

Foto: Adem Kutucu

Turkiyaning Istanbul shahri Bosh prokuraturasi meriyaning 47 nafar xodimini hibsga olish uchun order berishni ma’qulladi. Ular pora olish va tovlamachilikda gumon qilinmoqda, deb xabar berdi Haberturk. Hibslar shahar sobiq meri Akrom Imomo‘g‘liga qarshi qo‘zg‘atilgan korrupsiya ishi doirasida amalga oshirilmoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, allaqachon 31 kishi qo‘lga olingan. Ular orasida Istanbulning ikki tumani - Beshiktosh va Buyukchekmejye rahbarlari ham bor. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Buyukchekmejye meri Hasan Oqgun va uning mulozimlari shirkatlarni «sovg‘a sifatida» villalar va kvartiralarni berishga yoki shu nomdagi mahalliy basketbol jamoasiga «ehson» qilishga majburlagan. Ta’kidlanishicha, meriya xodimlari ushbu talablarni qabul qilmagan tadbirkorlarga qurilishga va qurilgan binolariga ruxsatnoma bermagan.

Qayd qilinishicha, bu hibsga olishlarning beshinchi to‘lqinidir. Mart oyida Istanbul meri Akrom Imomo‘g‘li 560 milliard turk lirasi miqdoridagi korrupsiya va firibgarlikda, shuningdek, Kurdiston ishchilar partiyasi bilan hamkorlikda ayblangan edi. U lavozimidan chetlatilgan va hibsga olingan.

Mavzuga oid