JETOUR X50 va X70 O‘zbekistonda: intellektual sayohatlar uchun yangi bosqich
Xitoyning mashhur JETOUR brendi O‘zbekiston bozorida ikki muhim yangi modelini taqdim etdi - JETOUR X50 va JETOUR X70. Mazkur krossoverlar nafaqat texnologik yechimlar, balki intellektual va qulay sayohatlar konsepsiyasini keng ommaga yaqinlashtirishda muhim qadam bo‘lmoqda.
Modellar Tashkent City Park maydonida rasman namoyish qilindi. Taqdimotda yetakchi avtosalon vakillari, avtoekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari qatnashdi. Tadbir mehmonlari texnik xususiyatlar bilan tanishish, real test-drayvda ishtirok etish imkoniga ega bo‘lishdi.
“O‘zbekiston biz uchun oddiy bozor emas, balki Markaziy Osiyoda o‘sish uchun muhim nuqtadir. Geografik joylashuvi tufayli mintaqaviy markazga aylanishi mumkin. Iqtisod barqaror, texnologik avtomobillarga qiziqish ortmoqda. Shu sababli, sifatli va maqbul narxdagi mashinalarni ayni vaqt taklif etmoqdamiz. Investitsion muhit qulay: erkin zonalar, soliq imtiyozlari, importda soddalik. Xizmat ko‘rsatish strategik ustuvorlik: har bir dilerda servis, ehtiyot qismlar doimiy mavjud.
3 asosiy maqsadimiz bor. Bu O‘zbekistonni mintaqaviy markazga aylantirish, brend obro‘sini mustahkamlash va 3 yilda 20 000 dona avtomobil sotish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish”, deydi Jetour Uzbekistan bosh direktori Liang Xing.
JETOURX50 – zamonaviy shahar krossoveri
JETOUR X50 – yosh va faol hayot tarzini afzal ko‘ruvchi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan yangi avloddagi SUV. U nafaqat tashqi dizayni, balki xavfsizlik va raqamli imkoniyatlari bilan ham ajralib turadi.
X50 tashqi ko‘rinishida vertikal “sharshara” radiator panjarasi, dinamik reylinglar va yarqin kuzov ranglari bilan e’tiborni tortadi. Salon uch xil ichki rangda taklif qilinadi. Onlayn konfigurator orqali 256 xil kombinatsiya yaratish mumkin.
Asosiy to‘plamda BSD texnologiyasi mavjud. Bu tizim qayta yo‘nalishda harakatlanish, parkovka va eshik ochish paytida ishlaydi. Har qanday holatda haydovchini vizual va ovozli signal bilan ogohlantiradi.
Ikkita 10,25 dyuymli displey, LED yoritish tizimi, “yulduzsimon” radiator va ergonomik sport o‘rindiqlari – barchasi zamonaviy shahar muhitiga mos keladi. Apple CarPlayʼni qo‘llab-quvvatlovchi multimedia tizimi oflayn ovozli boshqaruv imkonini ham taqdim etadi.
JETOUR Yangi X70 – oilaviy sayohat uchun ideal hamroh
JETOUR X70FL (yangi X70) – hozirgi oilaviy krossoverlar ichida funksionallik va hashamatni birlashtirgan universal flagman sifatida namoyon bo‘ldi.
Mashinaning o‘lchamlari — 4743×1900×1720 mm. U 5 yoki 7 o‘rindiqli variantda taqdim etiladi. Ikkinchi qator o‘rindiqlar siljitiladi, yukxona hajmi 1680 litrgacha oshadi. 62 dyuymli panoramali tom esa vizual kenglikni oshirish bilan birga UF nurlardan himoya ham qiladi.
12,3 dyuymli panel, “parvoz qiluvchi” markaziy ekran (10,25 dyuym), 1.5 turbomotor (141 ot kuchiga ega), va 6-iqtisodiy robotlashtirilgan uzatmalar qutisi (mokryy tip) – barchasi salohiyat va iqtisodiylikni birlashtiradi. Yo‘lda o‘rtacha yoqilg‘i sarfi — 6,8 l/100 km.
JETOUR rahbariyati ta’kidlashicha, yangi X70 nafaqat texnik jihatdan, balki inson salomatligini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Mashinada havo sifati va ichki muhit tozaligiga ham alohida e’tibor qaratilgan.
Xitoy brendidan mahalliy bozorga mos yechimlar
JETOUR kompaniyasi vakillari O‘zbekiston bozorida faol ish olib borish, mahalliy talab va sharoitlarga moslashuvni asosiy maqsad qilib belgilaganini ma’lum qildi. Ular mahalliy korxonalar bilan hamkorlik qilmoqda, bu esa sifatni oshirish va texnik xizmatlarni kengaytirishga yordam bermoqda.
Mavzuga oid

19:00 / 26.10.2024
JETOUR T2: ekstremal sayohatlar uchun munosib krossover rasman taqdim etildi

19:00 / 06.09.2024
JETOUR brendidan bayramona qulayliklar!

17:00 / 01.12.2023
“JETOUR” avtosalonidan dekabr oyi uchun “Aksiya ichidagi qaynoq aksiya”

19:00 / 14.09.2023