Qurbon hayiti kuni poytaxtda jamoat transporti soat 03:00 dan ish boshlaydi
Ushbu qaror jamoat transporti orqali hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida qabul qilingan.

Foto: Kun.uz
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi Qurbon hayiti kuni poytaxtda jamoat transporti soat 03:00 dan ish boshlashini ma’lum qildi.
«6 iyun, juma kuni Qurbon hayiti munosabati bilan fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahridagi avtobus yo‘nalishlari va metropoliten soat 03:00 dan o‘z harakatini boshlaydi», — deyiladi xabarda.
Ushbu qaror jamoat transporti orqali hayit namozida ishtirok etishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida qabul qilingan.
Oldinroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlarini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da Qurbon hayiti namozi o‘qiladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, aholining Qurbon hayiti bayramini munosib o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 7 iyun, shanba kuni olti kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
Mavzuga oid

18:34
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

15:34
Toshkent metropoliteni 6 iyun kuni soat 3:00 dan 10:00 gacha bepul ishlaydi

09:53
Toshkentda hayit namozi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda harakat cheklanadi

15:50 / 04.06.2025