Jahon | 11:15 / 04.06.2025
2178
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon rahbari Ukraina bo‘yicha aloqa guruhi uchrashuvida qatnashmaydi

AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset Vashington tomonidan asos solingan Ukraina bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishida ilk bor qatnashmaydi. U uchrashuvda video-aloqa orqali ham ishtirok etmaydi.

Pit Xegset Foto: Getty Images

Pentagon rahbari Rossiya Federatsiyasi uch yillik urush davomida birinchi marta Ukraina bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishida qatnashmaydi. Bu haqda 4 iyun, chorshanba kuni AP agentligi xabar berdi.

1 iyun kuni Singapurdagi «Shangri-La muloqoti» Osiyo xavfsizlik forumidan qaytgan AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset Ukraina bo‘yicha uchrashuv yakunlanganidan so‘ng, faqat 4 iyun kuni kechqurun Bryusselga keladi.

Amerikalik manbaning qo‘shimcha qilishicha, Xegset Vashington tomonidan tashkil etilgan formatda video-aloqa bo‘yicha ham ishtirok etmaydi.

Agentlik ta’kidlashicha, bu Qo‘shma Shtatlar tomonidan Ukrainadagi harbiy harakatlardan uzoqlashish uchun ko‘rilayotgan qadamlarning so‘nggisidir.

Ayni paytda Fransiya va NATOning boshqa davlatlari Vashington Hind-Tinch okeani mintaqasiga qo‘shinlarini qayta joylashtirish uchun Yevropadan qo‘shinlarini olib chiqish masalasini ko‘rib chiqayotganidan xavotirda.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning aytishicha, AQShning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishi oxir-oqibat Tayvan bo‘yicha Xitoy bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroning oldini olishda Qo‘shma Shtatlarning ishonchiga putur yetkazadi.

Mavzuga oid