AQSh qurol ishlab chiqaruvchilari Meksikaga 10 mlrd dollar tovon to‘lamaydigan bo‘ldi
Meksika Amerika qurolsozlik kompaniyalarini sudga bergan edi. Bunga ular ishlab chiqarayotgan qurollar narkokartellar qo‘liga tushayotgani sabab bo‘lgan. Sud Meksika hukumatining da’vosini rad etdi.

Foto: AFP/Getty Images
AQSh Oliy sudi Meksikaning Amerika qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalariga nisbatan da’vosini rad etdi, deb xabar beradi The Hill.
Meksika hukumati Smith & Wesson, Barrett Firearms, Beretta, Colt, Glock ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, Interstate Arms ulgurji sotuvchisidan ularning qurollari mamlakatdagi jinoiy guruhlar va narkokartellar qo‘liga tushayotgani uchun 10 milliard dollar miqdorida kompensatsiya talab qilgan.
Sudya Yelena Kaganning ma’lum qilishicha, da’vo 2005 yilgi Qonuniy qurol savdosi himoyasi to‘g‘risidagi qonunga (PLCAA) muvofiq ko‘rib chiqilmaydi. Qonun ishlab chiqaruvchilarni o‘z mahsulotlari noqonuniy foydalanilgani uchun ta’qib qilinishdan himoya qiladi.
Meksika 2022 yil oktyabrda qurolsozlik kompaniyalari ustidan shikoyat kiritib, ularni mamlakatdagi ommaviy qon to‘kilishlarida ayblagan. Meksika hukumati qurol ishlab chiqaruvchilar ataylab o‘qotar qurollarni tarqatish to‘g‘risidagi qonunni buzganini, ular bu qurollar jinoyatchilar qo‘liga tushayotganini bilgan bo‘lsada, buning oldini olish uchun hech qanday chora ko‘rmaganini ta’kidlab keladi.
«Agar bu istisno deb qabul qilinsa, u qoidaning katta qismini yutib yuboradi. Biz Kongress PLCAA qonunidan bunchalik keng istisno chiqarishni ko‘zlaganiga shubha qilamiz va aslida u bunday qilmagan ham», — deb yozadi sudya Kagan.
Mavzuga oid

00:45
Tramp Xitoy bilan savdo urushini hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi

22:08 / 06.06.2025
Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgan Tesla avtomobilidan qutulmoqchi

19:40 / 06.06.2025
Tramp Germaniyaga Rossiya gazi o‘rniga amerikanikini taklif qildi

18:58 / 06.06.2025