Jamiyat | 19:45 / 07.06.2025
5305
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida sel tufayli yo‘lning bir qismi yopildi

Avtomobillar harakati vaqtincha bir tasma orqali tashkil qilindi.

Foto: Videodan kadr

7 iyun kuni Qamchiq dovoni hududidan o‘tgan A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 137,7 kilometrda kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida tog‘ yonbag‘ridan ma’lum miqdorda sel, toshqin suvlari avtomobil yo‘liga oqib tushgan. Bu haqda FVV xabar berdi.

Qayd qilinishicha, hodisa oqibatida yo‘lning bir qismi yopilgan, «Qamchiq» maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari va boshqa hamkor tashkilotlar hodisa joyida tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etmoqda.

Ta’kidlanishicha, tirbandlikning oldini olish maqsadida Toshkent-Vodiy-Toshkent yo‘nalishida yo‘lning bir tasmasi yopilgan. Avtomobillar boshqa tasmasi orqali harakat qilmoqda.

FVV holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishini ma’lum qildi.

Mavzuga oid