Saida Mirziyoyeva AQSh davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Tomonlar ta’lim va madaniyat sohasidagi almashinuvlarga, jumladan, Amerika universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirish rejalariga alohida e’tibor qaratdi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha byurosi rahbari vazifasini bajaruvchi – AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Erik Meyyer bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, Mirziyoyeva va Meyyer ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilgan.
Ta’lim va madaniyat sohasidagi almashinuvlarga, jumladan, Amerika universitetlari bilan hamkorlikni kengaytirish rejalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, ayollarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini ham muhokama qilingan. Bu borada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar: tadbirkor ayollar uchun dasturlar, moliyaviy resurslarni taqdim etishda shaffoflikni ta’minlash yo‘lidagi qadamlar haqida so‘z yuritilgan.
«Amerikalik hamkorlarimizga doimiy qo‘llab-quvvatlash va ochiq muloqot uchun minnatdorlik bildiramiz. Ishonamizki, oldinda birgalikda erishiladigan natijalar hali ko‘p», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanaliga.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

21:09 / 09.06.2025
Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

18:40 / 09.06.2025
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

18:20 / 09.06.2025
AQShda bortida 20 kishi bo‘lgan samolyot qulab tushdi. Barcha tirik qoldi

15:06 / 08.06.2025