Surxondaryoda 913 mlrd so‘mga «Sangardak» turistik markazi qurilmoqda
Sariosiyo tumanida 615 gektar maydonni qamrab oladigan hududda «Sangardak» turistik markazi qurilyapti. Loyiha dor yo‘li, ziplayn, mehmonxonalar, mehmon uylari, 21 ta restoran va qariyb 300 ta savdo nuqtasini o‘z ichiga oladi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Surxondaryo viloyatida turizm salohiyatini oshirish maqsadida «Sangardak» turistik markazi barpo etilmoqda, deb xabar beradi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, umumiy qiymati 913,3 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyiha 615 gektar maydonni qamrab oladi.
Markazda:
- 21 ta restoran, kafe va bar;
- 296 ta savdo nuqtasi;
- mehmonxonalar to‘rtta — 3 yulduzli, ikkita — 5 yulduzli;
- 10 ta mehmon uylari;
- sanatoriy, madaniy hordiq maskani;
- 1,6 kilometr dor yo‘li, ziplayn va piknik hududlari quriladi.
Ta’kidlanishicha, qurilish ishlari jadal sur’atda davom etmoqda. Dor yo‘lining boshlanish nuqtasi, tirgaklarni betonlash ishlari yakunlangan.
«Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov «Sangardak» turizm majmuasi va Nilu mahallasini turizm qishlog‘iga aylantirish loyihalari ijrosi bilan tanishdi. Loyihalar xalqaro talablar asosida, sifatli va samarali amalga oshirilishi ta’kidlandi», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

10:06 / 07.06.2025
Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sirga ega dorilarni sotayotganlar ushlandi

19:06 / 03.06.2025
Qatldan qochganlar: mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng shov-shuvli qamoqdan qochish ishi

19:09 / 30.05.2025
Sariosiyo aeroporti 30 yildan so‘ng faoliyatini tikladi

11:58 / 24.05.2025