JCh saralashi: Qozog‘istonda alamli mag‘lubiyat, Xorvatiya yo‘lidan chiqqan raqibni «yanchib» o‘tmoqda
Dushanba oqshomida Yevropada JCh-2026 saralashi doirasida o‘tkazilgan o‘yinlar va guruhlardagi vaziyat.

Foto: Qozog‘iston milliy jamoasi matbuot xizmati
I guruhi
Italiya Spaletti bilan xayrlashdi, Holand g‘alaba golini urdi
Italiya – Moldova 2:0
Gollar: Raspadori 40, Kambiyaso 50.
Italiya: Donnarumma, Di Lorenso, Bastoni, Raniyeri (Koppola 83), Kambiyaso, Richchi (Barella 46), Frattezi, Tonali, Dimarko (Orsolini 46), Raspadori (Maldini 77), Retegi (Lukka 71).
Moldova: Avram, Dumbravyanu, Baboglo, Mudrak, Platitse, Ionitse (Dros 72), Bodistyanu (Motspan 58), Ryabchuk, Kaymakov (Stina 66), Postolachi (Perchun 66), Nikolayesku (Damashkan 72).
Ogohlantirishlar: Frattezi 85 – Nikolayesku 71.
Luchano Spallettining Italiya milliy jamoasi bilan xayrlashuv uchrashuvi kutilmagan zarba o‘tkazib yuborilishi bilan boshlanishiga bir baxya qoldi — Ryabchuk uzatma berdi, moldovaliklar safidagi eng yorqin futbolchi esa Nikolaesku darvozani ishg‘ol etdi. «Skuadru adzurra» santimetrlik ofsayd tufayli goldan qutulib qoldi. Bir necha daqiqa o‘tib emas darvoza to‘sini mehmonlarning joniga ora kirdi, bu holatda «Fiorentina»dagi ajoyib mavsumdan keyin milliy jamoada debyut qilgan Raniyeri xavfli zarba yo‘llagandi. Va faqat tanaffus arafasida o‘yin favoriti Raspadorining harakatlaridan keyin hisobni ochishga erishdi.
Jamoalar tanaffusga 1:1 hisobida yo‘l olishi ham mumkin edi. Bu safar Ryabchukning o‘zi uzoqdan yo‘llagan zarbasi bilan Donnarummani mehnat qilishga majbur etdi, Ionitse esa qaytgan to‘pni darvozaga to‘g‘rilab yubora olmadi. Mehmonlar ikkinchi bo‘lim boshida ham yaxshi vaziyatga ega bo‘lishgandi, ammo Postolachining boshda yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi, javob hujumida esa Kambiyazo o‘yindagi intrigaga barham berdi. Spallettini g‘alaba bilan kuzatishdi. Oldinda — Italiyani yangi hayot va Norvegiya bila poyga kutmoqda.
Estoniya — Norvegiya 0:1
Gol: Holand 62.
Estoniya: Heyn, Saliste (Saarma 84), Kuusk, Paskochi (Aniyer 84), Shenning-Larsen, Sheyn, Palumets (Poom, 90+3), Sinyavskiy, Kayt (Miller 46), Krjishtyal, Sappinen (Tamm 84).
Norvegiya: Nyuland, Riyerson, Ayer, Lisaker Geggem, Volfe (Estigor, 90+1), Nusa (Yonsen 68), Torsbyu (Bobb 46, Berg 90+1), Berge, Edegor, Holand, Syorlot.
Ogohlantirishlar: Sappinen, 55 – Volfe, 49.
Norvegiya kutilmaganda Estoniya bilan o‘yinda muammoga duch keldi, holbuki birinchi bo‘limda hech bo‘lmaganda bir gol urishga haqli o‘ynagandi. Bo‘lim oxirida skandinavlar tezkor qarshi hujum uyushtirish imkoniga ega bo‘lishdi, ammo Holandning jarima maydoni markazidan yo‘llagan zarbasi darvozabonni hayron qoldira olmadi. Tanaffusdan keyin ham Heyno‘z mahoratini ishga solishiga to‘g‘ri keldi. Yana bir epizodda esa kiperga ustun yordamga keldi, keyin esa Sinyavskiyning zarbasidan keyin norveglarni ham darvoza to‘sini qutqarib qoldi.
Ammo, qaysidir pallada Boltiq bo‘yi jamoasi o‘ziga haddan oshiq ishonib yubordi. Mezbonlar navbatdagi marta katta kuch bilan oldinga chiqqanida Edegor va Holand qarshi hujum uyushtirdi, ularning qarshisida birgina himoyachi qolib ketgandi. Bunday hujumda esa yakun oldindan ma’lum edi, Erlingning zarbasi dastlab to‘singa tekkan bo‘lsa-da, u qaytgan to‘pni baribir darvoza to‘riga kiritib yubordi. «Manchester Siti» to‘purarining navbatdagi goli ham g‘alaba uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin edi. Estonlar hujumi vaqtida uzoqdan berilgan zarba rikoshetga uchrashi Nyulanni dog‘da qoldirdi, ammo to‘p ustunga bordi. Umuman olganda, shu kuni norveglarning o‘yini chiqmagan bo‘lsa-da, g‘alabali hisob saqlanib qoldi. To‘rt o‘yinda to‘rt g‘alabaga erishgan Norvegiya — guruh jadvalidagi peshqadamlikni davom ettirmoqda.
5 sentabr. Moldova — Isroil, Italiya — Estoniya.
8 sentabr. Isroil — Italiya.
9 sentabr. Norvegiya — Moldova.
J guruhi
Omadsiz Qozog‘iston
Qozog‘iston – Shimoliy Makedoniya 0:1
Gol: Traykovski 33.
Qozog‘iston: Seysen, Maliy, Alip, Bistrov (Muhammad 81), Vorogovskiy, Astanov, Kuat, Tagibergen, Kenjyebek (Satpayev 59), Chesnokov (Zuyev 86), Samorodov
Shimoliy Makedoniya: Dimitriyevski, Zaykov, Musliu, Despotovski, Elmaz (Ashkovski 67), Bardi, Kostadinov (Elezi 53), Alioski, Churlinov (Mitrovski 53), Traykovski (Atanasov 83), Miovski (Ristovski 67).
Ogohlantirishlar: Maliy 51, Kuat 79 – Musliu 64, Despotovski 81.
O‘yinning dastlabki yarim soatida Qozog‘iston makedonlarga qaraganda qiziqarliroq ko‘rindi va hisobni ochishi ham mumkin edi. Kenjyebek o‘tkir burchakdan xavfli zarba berdi, Chesnokov o‘z faolligi bilan raqib himoyachilari nafas rostlashiga yo‘l bermadi, Samorodovning jarima maydoni markazidan yo‘llagan zarbasi esa to‘g‘ri darvozabonga bordi. Bunday o‘yinda o‘tkazib yuborilgan gol esa mezbonlar uchun ustidan sovuq suv quyib yuborilgandek bo‘ldi. Qozog‘istonlik himoyachilar jarima maydonida xatoga yo‘l qo‘yishdi, to‘p rikoshet tufayli Traykovskiga borib tushdi va u yaqin burchakka qaytarib bo‘lmas zarba yo‘lladi.
Bu saralash siklida guruh favoritlari Belgiya va Uels bilan o‘yinlarda iroda ko‘rsatgan makedonlar (ikki o‘yinda ham 1:1) o‘z vaziyatidan maksimum natija chiqarib olish mahoratini yana bir bor namoyish etdi. Ali Aliyev jamoasining ikkinchi bo‘limda ham omadi kelmadi. «Zenit» himoyachisi Alipning olis masofadan yo‘llagan kuchli zarbasini Dimitriyevski mushtlari bilan urib maydon tashqarisiga chiqarib yubordi, Samorodovning zarbasi to‘singa, 16 yoshli Satpayevning zarbasi — ustunga bordi. To‘liq ustunlik qilganiga qaramay, Qozog‘iston birorta ochkosiz qoldi, Makedoniya esa guruh jadvali peshqadamiga aylanib oldi.
Belgiya – Uels 4:3
Gollar: Lukaku 15 (pen), Tilemans 19, Doku 27, de Bryuyne 88 — Uilson 45+7 (pen), Tomas 51, Jonson 69.
Belgiya: Zels, Myone (de Vinter, 16), Debast, Fas, de Keyper (Teat 46), Onana, Tilemans, Doku, de Bryuyne (Salemakers 89), Trossar (Lukebakio 46, Raskin 75), Lukaku.
Uels: Darlou, Robers, Rodon, Mefam, Devis, Ampadu, Jyeys (Kallen, 63), Jonson, Uilson, Tomas (Matondo, 90+4), Bruks (Harris, 63).
Ogohlantirishlar: De Keyper 31, Trossar 41, Raskin 90 – Ampadu 17, Mefam 79, Uilson 82.
Saralash bosqichidagi birinchi o‘yinida makedonlarni yenga olmagan Belgiya ikkinchi o‘yinida Uelsga birinchi o‘ringa qaytishiga to‘sqinlik qildi, «ajdarlar» Kreyg Bellami boshqaruvidagi ilk mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi. Uelsliklarda muammolar de Bryuynening zarbasi va to‘p himoyachi qo‘liga tegishi bilan boshlandi, Lukaka belgilangan penaltini aniq ijro etdi. Keyin mehmonlar kuchli pressing ostida qolishdi va chiroyli kombinatsiya Tilemans de Kayperning uzatmasini bir teginishda burchakka yo‘naltirishi bilan yakunlandi. Ko‘p o‘tmay Doku hisobni yirik ko‘rinishga keltirganida «qizil iblislar» o‘yin masalasini hal qilgandek ko‘ringandi.
Ammo birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda barchasi yo‘q joydan o‘zgarib ketdi. Sels to‘pga chiqishda raqibning boshiga urib yubordi va bu penalti qo‘yilishiga sabab bo‘ldi. 11 metrdan aniq zarba bergan Uilson ikkinchi bo‘lim boshida Tomasning goliga assistentlik qildi. Ammo tablodagi 3:2 hisobi maydondagi voqealarga umuman mos kelmasdi. Mehmonlarning birinchi golidan keyinoq Trossar to‘rtinchi golni urishi mumkin edi, ikkinchi bo‘lim boshida esa Lukebakio yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, to‘pni osmonga qarata tepdi. Ammo Uels mezbonlarning qator hujumlariga dosh berdi va klassik britancha uslubda hisobni tenglashtirdi. Uilson jarima maydoniga uzatma berdi, Tomas to‘pni qulay qilib tashlab berdi va uelsliklar to‘purari Jonson bosh bilan aniq zarba yo‘lladi - 3:3.
Rudi Garsiya ham belgiyaliklar mudofaasidagi muammolarga barham bera olmagani ko‘rinib qoldi. Keyin esa Lukakuning goli bekor qilindi. De Bryuyne va Doku namunali kombinatsiya uyushtirdi, faqat hakam hujum boshlanishida to‘p maydonni tark etganini ko‘rmay qolgandi. Bellami qattiq bahslashdi — bu voqea zaxira o‘rindig‘i yaqinida bo‘lgandi va VAR murabbiy haqligini tasdiqladi. Ammo bu baribir uning Uels milliy jamoasidagi ilk mag‘lubiyatidan qutqarib qololmadi. Barchasi durangga qarab ketayotganida de Bryuyne Belgiyaga g‘alaba keltiruvchi golni urdi.
4 sentabr. Qozog‘iston — Uels, Lixtenshteyn — Belgiya.
7 sentabr. Shimoliy Makedoniya — Lixtenshteyn, Belgiya — Qozog‘iston.
L guruhi
Chexlar tor-mor etildi, Farer orollari burchakdan gol urdi
Xorvatiya – Chexiya 5:1
Gollar: Kramarich 42, 75 (dubl), Modrich 62 (pen), Perishich 68, Budimir 72 (pen) – Souchek 58.
Xorvatiya: Livakovich, Gvardiol, Chaleta-Tsar (Vushkovich 87), Shutalo, Stanishich, Suchich, Modrich (Moro 80), Pashalich, Kramarich (Yakich 80), Perishich (Pashalich 87), Budimir (Ivanovich 76).
Chexiya: Kovarj, Zeleniy, Kreychi, Xolesh, Provod (Doudera 88), Souchek, Sadilek, Tsoufal, Cherniy (Kushey 66), Shik, Shuls.
Ogohlantirishlar: Tsoufal 66, Xolesh 71.
Jamoadoshlari Gibraltar darvozasiga istagancha gol urgan o‘yinda (7:0) Modrichga dam berilgandi. O‘sha o‘yinda Luka faqat tonusni saqlab turish uchun o‘yin oxirida 25 daqiqa o‘ynagan, guruhdagi asosiy raqibga qarshi o‘yinda esa boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. Va agar jamoadoshlaridan birining ofsayd holati bo‘lmaganida «shashkachilar»ning faxriy futbolchisi o‘yin boshidayoq Gvardiolning goli tufayli o‘z nomiga golli pas yozdirib qo‘ygan bo‘lardi, ammo gol bekor qilindi. Lekin bu ikki futbolchi ham o‘yin davomida baribir golli harakat amalga oshirishdi. «Manchester Siti» himoyachisi birinchi bo‘lim oxirida hisobni ochgan Kramarichga assistentlik qildi. Ikkinchi bo‘limda chexlar hisobni tenglashtirishidan ikki daqiqa o‘tib Modrich Budimir ishlagan penaltini aniq ijro etib, Xorvatiyani yana hisobda oldinga olib chiqdi.
Luka 80-daqiqada o‘z o‘rnini Moroga bo‘shatib berganida, stadiondagi muxlislar afsonani qarsaklar bilan kuzatishdi. 39 yoshli sardor butun o‘yin davomida jon kuydirib yugurdi, uning Kramarichning ikkinchi goliga pas bergan vaqtdagi harakatlari esa dohiyona chiqdi. Umuman olganda, shu kuni Xorvatiya safidagi barcha, jumladan, qiyin epizodlarda o‘zini ko‘rsatgan Livakovichdan tortib barcha futbolchilar o‘z ishini yaxshi bajardi.
Gibraltar bilan o‘yinda to‘rt golli uzatma va bir gol urgan Perishich chexlar darvozasini ham ishg‘ol etdi, Budimir esa o‘z faolligi evaziga o‘yindagi ikkinchi 11 metrlik zarbani ijro etish huquqiga ega bo‘ldi — bungacha uch o‘yinda uch g‘alaba bilan guruh jadvalini boshqarib turgan Chexiya yirik hisobda yutqazdi. Yakunda Zlatko Dalich xorvatiyalik yangi iste’dod — shu kunlarda «Tottenhem»ga o‘tayotgan 18 yoshli Vushkovichni ommaga tanishtirdi.
Farer orollari – Gibraltar 2:1
Gollar: Skenlon, 23 (0:1). Frederiksberg, 71 (1:1). Yoxannesen, 86 (2:1)
Farer orollari: Reynatred, Vatnxamar, A. Edmundsson (Yoxansen, 64), Fere, Xansson, Xendriksson Olsen (Andreasen 90), Davidsen, Danielsen, Yustinussen (Serensen, 64), Frederiksberg (Y. Edmundsson 74), Kletskar (Yoxannesen 64).
Gibraltar: Benda, Annesli, Lopesh, Britto, Ronan (Valarino 83), Uoker (Jyessop 68), De Barr (Maura 90), Bent, Richards (Torilya 83), Skenlon, Al-Hmidi (Bartolo 46).
Ogohlantirishlar: Fere 76 – Bent 30
Futbol karliklarining turnirdagi birinchi o‘yinida etiborga moliy ikki holat qayd etildi. Birinchidan, Gibraltar «MYu» yoshlar jamoasi a’zosi Skenlonning goli evaziga hisobni ochdi. Ikkinchidan, yakunda o‘z hisobiga uch ochko yozib qo‘ygan farerliklar Frederiksberg burchak zarbasini to‘g‘ridan to‘g‘ri darvoza to‘riga yo‘llashi orqali kambek boshlashdi.
5 sentabr. Farer orollari — Xorvatiya, Chernogoriya — Chexiya.
8 sentabr. Gibraltar — Farer orollari, Xorvatiya — Chernogoriya.
Mavzuga oid

08:47 / 11.06.2025
JCh saralashi. Falastin alamli tarzda qolib ketdi, Saudiya pley-offda o‘ynaydi

20:54 / 10.06.2025
O‘zbekiston JCh saralashini Qatar ustidan yirik g‘alaba bilan yakunladi

14:41 / 10.06.2025
«Meros». Srechko Katanetsga bag‘ishlanadi

11:55 / 08.06.2025