TikTok’da 162 mln obunachiga ega bloger Habi Leym AQShdan chiqarib yuborildi
U AQShda bo‘lish talablarini buzgani uchun avvaliga qo‘lga olingan, ammo ko‘p o‘tmay qo‘yib yuborilgan.

Foto: REUTERS
AQSh migratsiya xizmati tiktoker Habi Leymni mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu haqda France24 nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, asli senegallik bo‘lgan Leym AQShga 30- aprelda kelgan va viza muddati tugagan bo‘lsa ham mamlakatni tark etmagan. Migratsiya xizmati Leymni 6 iyun kuni Las Vegas xalqaro aeroportida ushlagan. Ammo shu kunning o‘zida qo‘yib yuborilgan. Chunki Leym AQShdan ixtiyoriy ravishda chiqib ketishga ruxsat olgan.
Hozirda Italiya fuqarosi bo‘lgan Habi mazkur voqeaga hech qanday munosabat bildirgani yo‘q, va TikTok’da yangi videolarni ulashishda davom etmoqda.
Qayd etish kerak, AQSh migratsiya xizmati 5 iyun kuni mamlakat bo‘ylab 2200 nafar noqonuniy migrantlarni ushlaganini e’lon qildi. Buning ortidan migrantlar AQShda norozilik namoyishlarini o‘tkaza boshladi. Ular politsiya bilan to‘qnashdi, shundan keyin AQSh armiyasi Los Anjyelesga 300 ga yaqin harbiylarni joylashtirishga majbur bo‘ldi.
Mavzuga oid

23:15 / 11.06.2025
Tramp 9 ming noqonuniy migrantni Guantanamo qamoqxonasiga yubormoqchi

18:01 / 11.06.2025
Pentagon rahbari Ukrainaga yordam budjeti qisqartirilishini e’lon qildi

17:26 / 11.06.2025
Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi

12:00 / 11.06.2025