Jamiyat | 14:00 / 11.06.2025
1980
1 daqiqa o‘qiladi

1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish maskani aniqlandi

«Hududgazta’minot» AJ boshqaruv raisi tegishli topshirig‘i bilan barcha hududlarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Foto: Hududgazta’minot

Mana shundan tadbirlardan biri «Hududgaz Toshkent» GTF komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi va huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida o‘tkazildi.

Tumanning «Do‘stlik» MFYda joylashgan, fuqaro I.T.ga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida iste’molchi hisoblagichdan oldin yashirin yo‘llar bilan tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, energiya resursidan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilindi. Iste’molchi tomonidan 1 milliard 329 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.

Mavzuga oid