O‘zbekiston | 20:33 / 12.06.2025
3397
2 daqiqa o‘qiladi

Zominning bir qator hududlariga sel keldi

Tabiiy ofat oqibatida hech kim jabrlanmadi.

Foto: Videodan kadr

2025 yil 12 iyun kuni Jizzax viloyati, Zomin tumani bir qancha hududlarida sel toshqini yuz berdi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Kushtol mahallasi, Konli qishlog‘i yuqorisida joylashgan tog‘ va adirliklardagi jala yomg‘irlari oqibatida 2-3 m3/s tezlikda sel oqqan. Hech qanday talofat kuzatilmagan.

Navbahor mahallasi, Segisari qishlog‘ida taxminan 3-4 m3/s sel oqishi oqibatida avtomobil yo‘liga tosh va shag‘allar chiqqan. Boshqa hech qanday talofat kuzatilmagan.

Turkman qishlog‘idan o‘tuvchi Turkmensoy yuqorisida joylashgan tog‘ va adirliklarda kuzatilgan jala yomg‘irlar oqibatida taxminan 1,0-2,0 m3/s tezlikda sel oqqan. Hech qanday talofat kuzatilmagan.

Nihol mahallasi, Qizilsoy qishlog‘ida taxminan 1,5-2,5 m3/s sel oqishi oqibatida avtomobil yo‘liga tosh va shag‘allar chiqqan. Boshqa hech qanday talofat kuzatilmagan.

Taraqqiyot mahallasi, Hulkar qishlog‘idan o‘tuvchi Zominsoy yuqorisida joylashgan tog‘ va adirliklarda kuzatilgan jala yomg‘irlar oqibatida taxminan 1,5-2,0 m3/s tezlikda sel oqqan. Avtomobil yo‘liga tosh va shag‘allar chiqqan. Boshqa hech qanday talofat kuzatilmagan.

Mavzuga oid