Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi
Ular 2,06 kg oddiy metallga tilla rangini berish orqali quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 000 dollarga sotishga kelishib, 35 000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yunusobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan fuqarolar X.U. va A.D. o‘zaro til biriktirib, umumiy og‘irligi 2,06 kg bo‘lgan oddiy metallga tilla rangini berish orqali quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan (“999,9” asllik belgisi tamg‘asi muhrlangan) metallarni fuqarolar M.S va R.L.ga 70 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, ushbu pullar hisobidan 35 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

14:12 / 14.06.2025
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi

11:42 / 14.06.2025
Toshkent, Jizzax va Samarqandda uglerod xomashyosini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

16:29 / 13.06.2025
Toshkentdan xorijga bir necha aviareyslar bekor qilindi

09:17 / 13.06.2025