Germaniya TIV rahbari Eron bilan urush kengayishi xavfi haqida ogohlantirdi
Agar e’tibor faqat Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroni harbiy yo‘l bilan hal etishga qaratilsa, boshqa mamlakatlarning mojaroga tortilish xavfi keskin ortadi, dedi Yoxan Vadeful iordaniyalik hamkasbi bilan uchrashuvda.

Foto: Katharina Kausche/dpa/picture alliance
AQShning Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroga aralashuvi mumkinligi haqidagi taxminlar fonida Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxan Vadeful urushning boshqa mamlakatlarga ham tarqalishi xavfidan ogohlantirdi. «Hozir davom etayotgan harbiy zarbalar diqqatni faqat harbiy yechimga qaratish xavfini tug‘dirmoqda», dedi u 18 iyun, chorshanba kuni Berlinda iordaniyalik hamkasbi Ayman al-Safadiy bilan uchrashuvda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu boshqa davlatlarni mojaroga jalb qilish xavfini keskin oshiradi. Jurnalistlarning Vadeful Isroilning Eronga qarshi olib borayotgan harbiy operatsiyasiga AQShning ehtimoliy kirishini qo‘llab-quvvatlaydimi, degan savoliga u bunday qadamga qarshi ekanini aytdi.
Germaniya vaziri, shuningdek, AQSh Davlat departamenti rahbari Marko Rubio Isroil amaliyoti boshidayoq o‘z mamlakatining aralashuvini istisno etganini ham eslatdi. Shu bilan birga, Eron Amerika obektlariga hujum qilgan taqdirda, «albatta, harbiy javob bo‘ladi», dedi Vadeful.
Mavzuga oid

23:35 / 19.06.2025
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi

22:26 / 19.06.2025
Isroil hujumlari fonida Eron va AQSh muzokaralari o‘tkazildi – OAV

21:20 / 19.06.2025
Isroil mudofaa vaziri Eron rahbarini yo‘q qilish kerakligini aytdi

16:36 / 19.06.2025