Rossiya Ukraina bilan Istanbul kelishuvlarini amalga oshirishga to‘liq tayyorligini ma’lum qildi
Rossiya muzokaralar guruhi vakili, general-leytenant Aleksandr Zorin Rossiyaning Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining jasadlarini topshirishga tayyorligi haqida gapirdi.

Foto: Anadolu Agency
Rossiya Istanbulda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga, jasadlarni topshirish va belgilangan formula bo‘yicha almashishga to‘liq tayyor.
Bu haqda rossiyalik muzokarachilar guruhi vakili, general-leytenant Aleksandr Zorin ma’lum qildi, deb yozadi Rossiya matbuoti.
«Men Istanbulda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga to‘liq tayyor ekanligimizni tasdiqlayman. Biz barcha jasadlarni topshirishga, shuningdek, belgilangan formula bo‘yicha harbiy asirlarni almashishga tayyormiz», — dedi Zorin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni Istanbuldagi kelishuvlarga muvofiq, Ukraina Qurolli kuchlari askarlarining jasadlarining birinchi partiyasini almashish hududiga yetkazgan. Uning qayd etishicha, Rossiya Ukrainaga 6 mingdan ortiq jasadni qaytarishga tayyor.
Zorinning xabar berishicha, bugundan Ukraina Qurolli kuchlari askarlari jasadlari bilan vatanga qaytariladigan poyezdlar harakatlana boshlaydi.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya tomoni Ukrainadan jasadlar topshirilishi haqida rasmiy tasdiqlovni kutmoqda.
Mavzuga oid

16:00
“Rejim qulashiga to‘g‘ri kelsa, Moskva yordamga kelishi mumkin” – turkiyalik tahlilchi

13:24
Istanbulda qidiruvdagi ayol qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

11:57
Kiyevga harbiy yordam ishi: Slovakiyada 8 kishi qo‘lga olindi

10:55