7 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi
O‘zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi 19 iyun kuni e’lon qilingan QS World University Rankings 2026 natijalariga ko‘ra dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi.

Foto: TIQXMMI matbuot xizmati
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bildirishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 5 ta universitetga ortib, O‘zbekiston ushbu reytingda ilk bor ishtirok etgan universitetlar soni bo‘yicha jahonning 9 ta mamlakati qatoridan joy oldi.
Reytingga kiritilgan OTM:
- “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti — 469-o‘rin (2025 yilda =547);
- O‘zbekiston Milliy universiteti — 721–730 (2025 yilda 781-790);
- Toshkent davlat texnika universiteti — 901–950 (ilk bor);
- Samarqand davlat universiteti — 1001–1200 (ilk bor);
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 1001–1200 (ilk bor);
- Toshkent davlat transport universiteti — 1201–1400 (ilk bor);
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1401+ (ilk bor).
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning 4 ta oliygohi “Bitiruvchilar yutuqlari” indikatori bo‘yicha top-700 talikka kirgan:
- Toshkent davlat texnika universiteti – 540-o‘rin;
- O‘zbekiston Milliy universiteti – 545-o‘rin;
- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti – 644-o‘rin;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 660-o‘rin.
Xalqaro ekspertlar fikricha, O‘zbekiston universitetlarining QS reytingidagi faol o‘sishi — ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik, innovatsion izlanishlar va raqobatbardoshlik yo‘nalishida olib borilayotgan tizimli islohotlar samarasidir.
Mavzuga oid

09:56 / 18.05.2025
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

10:53 / 16.05.2025
O‘zbekistonda har bir OTM o‘z brendini shakllantiradi

20:49 / 07.05.2025
Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidagi ta’limni rasvo deb atadi. Vazirlik rad etdi

20:45 / 06.05.2025