Erondan 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ko‘rsatmasiga muvofiq Tehron va Ashxoboddagi diplomatik vakolatxonalarda uzluksiz ishlaydigan tezkor shtablar tuzilgan. Tezkor shtab Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini Turkmaniston orqali qaytarish choralarini ko‘rmoqda.

Foto: Getty Images
Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat tufayli qator davlatlar, jumladan, O‘zbekiston ham o‘z fuqarolarini xavfsiz ravishda vataniga qaytarish bo‘yicha faol chora-tadbirlar ko‘rmoqda.
TIV qoshidagi «Dunyo» axborot agentligining ma’lum qilishicha, Tashqi ishlar vazirligi ko‘rsatmasiga muvofiq O‘zbekistonning Tehron va Ashxoboddagi diplomatik vakolatxonalarda kecha-yu kunduz ishlaydigan tezkor shtablar tuzildi. Tezkor shtab Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini Turkmaniston orqali qaytarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Xususan, bugunga qadar Erondan Turkmaniston orqali jami 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi.
«O‘zbekistonning Tehrondagi elchixonasi vatandoshlarimizning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha doimiy aloqa va muvofiqlashtiruv ishlarini olib boryapti. Ashxoboddagi elchixonamiz esa Turkmaniston rasmiylari bilan hamkorlikda fuqarolarini chegarada kutib olish, viza va transport masalalarini hal etish hamda vataniga qaytarish jarayonini samarali tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Avvalroq O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroil turizm vazirligi mamlakatda vaqtinchalik bo‘lib turgan sayyohlarga xavfsiz tarzda chiqib ketish imkonini beruvchi maxsus raqamli ro‘yxatdan o‘tish shaklini joriy etganini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, Tel-Avivdagi elchixona xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat tufayli Isroilni mustaqil tark etish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga 3 ta nazorat-o‘tkazish punktlari orqali Misr yoki Iordaniyaga o‘tib, Toshkentga uchib kelish yo‘nalishi haqida tavsiyalar bergandi.
Mavzuga oid

19:42 / 21.06.2025
Eron oliy rahbari vafot etgan taqdirda uch nafar o‘rinbosari nomini aytdi – OAV

18:37 / 21.06.2025
Eron Isroilga uchirayotgan raketalar sonini nega kamaytirgani ma’lum bo‘ldi

14:47 / 21.06.2025
“Eronning javob hujumlari AQShni o‘ylantirib qo‘ydi” - ekspertlar

13:16 / 21.06.2025