Jahon | 00:06
2533
2 daqiqa o‘qiladi

Pokiston Trampni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi

Tashabbus Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi so‘nggi ziddiyatni hal qilishda Trampning «diplomatik aralashuvi» va «asosiy roli» bilan bog‘liq.

Foto: Ken Cedeno/Reuters

Pokiston hukumati AQSh prezidenti Donald Trampni 2026 yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatish haqidagi qarorini e’lon qildi. Bu haqda hukumatning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilingan rasmiy bayonotda aytilgan.

Ta’kidlanishicha, tashabbus Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi so‘nggi keskinlashuv vaqtida Trampning «hal qiluvchi diplomatik aralashuvi» va «asosiy roli» bilan bog‘liq.

Islomobod fikriga ko‘ra, aynan Amerika prezidentining «strategik uzoqni ko‘ra bilishi va ajoyib davlat arbobi» ekani tufayli ikki yadroviy davlat o‘rtasidagi ziddiyatni pasaytirish, o‘t ochishni to‘xtatishga erishish va oqibati mintaqada va undan tashqarida millionlab odamlar uchun halokatli bo‘lishi kutilgan keskinlashuvning oldini olish imkonini berdi.

«Ushbu aralashuv Trampning haqiqiy tinchlikparvar va nizolarni diplomatiya yo‘li bilan hal etish tarafdori sifatidagi rolini yaqqol namoyish etadi», deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Trampning sa’y-harakatlari mintaqaviy va global barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shishda davom etishiga umid bildirilgan, ayniqsa Yaqin Sharqdagi cho‘zilgan inqirozlar, jumladan G‘azodagi gumanitar falokat va Eron atrofidagi vaziyat fonida.

Mavzuga oid