Jahon | 20:40 / 22.06.2025
3058
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Qrim sabab yangi sanksiyalar joriy etdi

Sanksiyalar jami 13 nafar jismoniy va sakkizta yuridik shaxsga nisbatan qo‘llanildi. Ular orasida Londonga ketib qolgan xalq deputati, «Ukrainskaya pravda» gazetasi egasining biznes sherigi ham bor.

Foto: AP

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Qrimda biznes olib borayotgan» jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

«Va bugun bu — shunday shaxslarlarga qarshi sanksiyalar bo‘yicha katta ishlarning faqat boshlanishidir. Maxsus xizmatlardan ma’lumotlar bor — biz prinsipial yondashamiz. Yaqin orada navbatdagi sanksiya qarorlari e’lon qilinadi», — deydi Zelenskiy.

«Strana.ua»ning yozishicha, «Ukrainskaya Pravda» gazetasi egasi Tomash Fialaning biznes sherigi va unga bog‘liq kompaniyalar sanksiyalarga uchragan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, gap estoniyalik Hillar Teder hamda uning Arricano Real Estate PLC kompaniyasi haqida ketmoqda. Fialaning o‘ziga nisbatan sanskiyalar qo‘llanilmagan.

Bundan tashqari, Zelenskiy Londonga ketib qolgan xalq deputatu Artyom Dmitruk, sobiq xalq deputati Alensandr Onishenko va kinoprodyuser Vlad Ryashinga qarshi ham sanksiyalar joriy etgan.

Jami 13 kishi va sakkizta kompaniya sanksiyalarga uchragan bo‘lib, ularning ikkitasi Rossiyada, qolganlari Kiprda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

«Strana.ua» yangi sanksiyalarni «Ukrainskaya pravda» so‘nggi kunlarda bosh vazir o‘rinbosari — milliy birlik vaziri Aleksey Chernishovga qarshi korrupsiya aybloviga bog‘liq mojaroni yoritgani bilan bog‘lamoqda. O‘tgan hafta Ukraina Milliy antikorrupsiya byurosi va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura 23,8 million dollarlik zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan qurilish sohasidagi korrupsiyaviy bitimni fosh etgandi. Holat bo‘yicha besh nafar shaxs gumonlanmoqda, ularning ikki nafari Chernishovga aloqador.

Mavzuga oid