Davlat departamenti butun dunyo bo‘ylab AQSh fuqarolariga ehtiyot bo‘lishni tavsiya qildi
Davlat departamenti butun dunyo bo‘ylab AQSh fuqarolariga ehtiyotkorlikni kuchaytirishni tavsiya qildi.

Foto: KL / HB / CLH / Reuters
AQSh Davlat departamenti xorijda yashovchi yoki sayohat qilayotgan amerikalik fuqarolarga ogohlantirish berib, Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli ehtiyotkorlikni kuchaytirishni tavsiya qildi.
«Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro Yaqin Sharqda transport harakatida uzilish va havo hududining vaqti-vaqti bilan yopilishiga olib keldi. Xorijda AQSh fuqarolari va manfaatlariga qarshi namoyishlar o‘tkazilishi mumkin. Davlat departamenti butun dunyo bo‘ylab AQSh fuqarolariga ehtiyotkorlikni kuchaytirishni tavsiya qiladi», — deyiladi Davlat departamenti saytida.
Unda AQShning Erondagi yadroviy inshootlarga hujumlari haqida hech qanday gap yo‘q, deb yozadi AFP.
Ogohlantirish butun dunyo bo‘ylab amal qiladi.
Mavzuga oid

22:45 / 25.06.2025
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi

22:06 / 25.06.2025
Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i o‘ldirilgani tasdiqlandi

20:59 / 25.06.2025
Isroil–Eron urushi: xulosalar

20:46 / 25.06.2025