Yer toifasini o‘zgartirib berish uchun 44 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
Andijon viloyatida fuqaro U.T.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura
Fuqaro J.M. Bo‘ston tumani hokimining qaroriga asosan “B.N.” MChJga gidroponika usulida issiqxona qurilishi uchun ajratilgan 2,5 gektar yerni noturar yer toifasidan 2 sotixli uy-joy qurish uchun turar joy toifasiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
Buning evaziga 44 ming dollar talab qilib, kelishilgan pul hisobidan 10 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik juda ko‘p miqdorda) va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Mavzuga oid

12:20
Firibgarlikda ayblangan fuqaro Turkiyadan deportatsiya qilindi

18:14 / 28.06.2025
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Polshadan O‘zbekistonga qaytarildi

14:39 / 26.06.2025
Farg‘onada fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

09:02 / 26.06.2025