Jahon | 07:31
3751
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya Isroil tomon yo‘l olgan Eronning 10 ga yaqin dronini yo‘q qilgan

Mudofaa vaziri Lekornyuning ta’kidlashicha, Parij Isroilning Eronga bergan zarbalarida ishtirok etmagan.

Foto: AP

Fransiya mudofaa vaziri Sebasten Lekornyu Fransiya qurolli kuchlari Isroil tomon yo‘l olgan Eronning 10 ga yaqin uchuvchisiz uchog‘ini zararsizlantirganini aytdi.

Kuni kecha Milliy majlisda chiqish qilgan Lekornyu Fransiya Isroilning Eronga bergan zarbalarida ishtirok etmaganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Fransiya tahdid yuzaga kelganda mintaqadagi o‘z bazalarini himoya qilish tamoyiliga asoslanib harakat qiladi.

Vazir, shuningdek, mintaqada joylashtirilgan havo hujumidan mudofaa tizimlari va Rafale qiruvchi samolyotlari Eronning bir nechta uchuvchisiz uchoqlarini tutib olganini aytdi. X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida bergan bayonotida u gap Isroil tomon yo‘l olgan dronlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritdi.

Mavzuga oid