O‘zbekiston | 17:38 / 28.06.2025
1187
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways 1 iyuldan Isroilga parvozlarni tiklaydi

Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar odatdagi tartibda amalga oshiriladi.

Foto: Uzbekistan Airways

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 1 iyuldan Isroilga parvozlarni qayta tiklaydi.

«2025 yil 1 iyuldan boshlab Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar odatdagi tartibda amalga oshiriladi», deyiladi kompaniyaning bayonotida.

Avvalroq, Isroilning Tel-Aviv shahri xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli, Uzbekistan Airways 2025 yil 16 iyundan 30 iyungacha Toshkent–Tel-Aviv–Toshkent yo‘nalishidagi reyslarni vaqtincha to‘xtatgan edi.

Shuningdek, Isroil-Eron ziddiyatining kuchayishi ortidan Isroil Davlati bilan aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatilgani haqida O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ham xabar bergan edi.

Mavzuga oid