Erdo‘g‘an: Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Pokiston bilan birdam
Pokiston shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva provinsiyasida sodir etilgan teraktda 13 harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.

Foto: Anadolu Agency
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Pokistonda kuni kecha sodir bo‘lgan teraktni qoraladi. U Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Pokistonni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.
Davlat rahbari ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tegishli xabar bilan bo‘lishdi.
Turkiya rahbari «do‘st va qardosh Pokiston xalqi va hukumati»ga hamdardlik bildirdi. Prezident hujumda jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.
«Pokistonga qilingan dahshatli terror hujumini qoralayman. Turkiya uzoq vaqtdan beri do‘stona munosabatda bo‘lgan Pokistonni terrorizmga qarshi kurashda hamda boshqa masalalarda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. G‘am va quvonchda birodarlarimiz yonida bo‘lishda davom etamiz», — deyiladi bayonotda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Pokiston shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatida sodir etilgan portlashda 13 askar halok bo‘lgan. Yana 24 kishi, jumladan tinch aholi ham yaralangan.
Mavzuga oid

22:41 / 04.07.2025
Turkiya va Belgiya Ukraina uchun «dronlar koalitsiyasi»ga qo‘shildi

10:03 / 04.07.2025
Pokiston Termizda "quruqlik porti"ni tashkil etishi mumkin

09:11 / 04.07.2025
Pokiston va AQSh harbiy hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi

08:55 / 04.07.2025