Eron bilvosita Trampga o‘lim bilan tahdid qildi
Eronlik nufuzli oyatulloh Trampga Eron oliy rahbari oyatulloh Xominaiyga tahdidlar o‘lim bilan jazolanishini eslatdi. Tramp avvalroq Xominaiyni oson nishon deb atagan, biroq AQSh uni hali o‘ldirmasligini aytgan edi.

Foto: Reuters
Eron bilvosita AQSh prezidenti Donald Trampga o‘lim bilan tahdid qildi, biroq ayni paytda muzokaralarga tayyorligini bildirdi. Eronlik oyatulloh Nosir Makarim Sheroziy 29 iyun, yakshanba kuni diniy tushuntirishda Eron oliy rahbari Ali Xominaiyga tahdidlar o‘lim bilan jazolanishini aytdi. Tramp avvalroq Xominaiyni «oson nishon» ekanini aytgan edi, biroq «biz uni o‘ldirmoqchi emasmiz, hozircha» deb qo‘shimcha qilgan edi.
Eronning eng nufuzli ulamolaridan biri oyatulloh Makarim Sheroziy bir dindorning Tramp haqidagi savoliga shunday javob berdi: «Islomiy boshqaruvga hujum qilgan yoki uning diniy yetakchilariga tahdid solayotgan, ularga qarshi harakat qilgan shaxslar yoki rejimlar «mohareb» hisoblanadi». Shuning uchun u musulmonlar bu «dushmanlar»ni javobgarlikka tortishga mas’ul ekanini ta’kidladi. Sheroziy Trampning ismini to‘g‘ridan to‘g‘ri aytmasdan, faqat islomiy tamoyillarni tushuntirib berdi.
Ayni paytda, Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vashington keyingi hujumlardan tiyilsa, AQSh bilan yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligini bildirdi. Agar AQSh diplomatik muzokaralarni davom ettirmoqchi bo‘lsa, Eronga qarshi keyingi hujumlarni istisno qilishi kerak, dedi Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Majid Taxt-Ravanchi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati vositachilar orqali Tehronni muzokaralarga qaytishga tayyorligi haqida xabardor qilgan, biroq ayni paytda keyingi hujumlar haqidagi «juda muhim masala bo‘yicha aniq pozitsiyani egallamagan».
Taxt-Ravonchi Eron uranni tinch maqsadlarda boyitish huquqini talab qilishini ta’kidlab, uning mamlakati yadroviy bomba yaratish ustida yashirin ish olib borayotgani haqidagi ayblovlarni rad etdi. Uning ta’kidlashicha, Eron o‘zining tadqiqot dasturi uchun «yadroviy materiallardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan». «Uranni boyitish darajasini, quvvatni muhokama qilish mumkin, lekin sizning umuman boyitishga haqqingiz yo‘q, agar rozi bo‘lmasangiz, biz sizni bombardimon qilamiz» deyish — bu o‘rmon qonunidir», — deya ta’kidladi Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.
Iyun oyida Tramp Eron yadroviy inshootlariga zarbalar berishni buyurgan edi. Keyinroq NATO sammitida u Eron bilan yangi muzokaralar o‘tkazish rejalarini ma’lum qildi, biroq bu haqda hech qanday ma’lumot bermadi. Tramp 27 iyun, juma kuni uranni boyitish bilan bog‘liq xavotirlar yana paydo bo‘lsa, Eron yadroviy inshootlariga yana zarba berishga tayyormi yoki yo‘qmi degan savolga: «Albatta, shubhasiz», dedi. U Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi. Tramp, shuningdek, so‘nggi hujumlar Eronning yadroviy dasturini orqaga surib tashlaganini ta’kidladi.
Mavzuga oid

17:54
Netanyahu G‘azoda ustuvorlikni garovdagilarga qaratishni boshladi. Tramp Hamas bilan «bitim» talab qilmoqda

12:02
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?

10:10
Reuters: Eronda 9 ta atom bombasi uchun yashirin uran zaxiralari bo‘lishi mumkin

07:40