O‘zbekiston | 17:33 / 02.07.2025
2667
1 daqiqa o‘qiladi

Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Andijon viloyatining Paxtaobod tumaniga Davronbek Sattorov hokim etib tayinlandi. U bungacha viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Davronbek Sattorov Hasanboyevich Andijon viloyatidagi Paxtaobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Davronbek Sattorov 1984 yilda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida tug‘ilgan.

U 2005 yil Andijon davlat tillar pedagogika institutini (kunduzgi), 2020 yil O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Andijon viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat olib borgan.

Mavzuga oid