Kallas Xitoy kompaniyalarini urushda Rossiyaga yordam berishni to‘xtatishga chaqirdi
Pekin Rossiya harbiy-sanoat kompleksiga «barcha moddiy yordam ko‘rsatishni zudlik bilan to‘xtatishi» kerak, dedi Yevropa Ittifoqi oliy vakili.

Foto: Yves Herman/REUTERS
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Xitoy kompaniyalarini Rossiyaning Ukrainadagi urushida Moskvani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga chaqirdi, chunki bu harakatlar «Yevropa xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi». Kallas va Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Bryusselda Yevropa Ittifoqi-Xitoy strategik muloqotining 13-yig‘ilishini o‘tkazdi, deb xabar berdi Yevropa tashqi aloqalar xizmati (EEAS) 2 iyul, chorshanba kuni.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Kallas Pekindan Rossiya harbiy-sanoat kompleksi (HSK)ga «barcha moddiy yordamni zudlik bilan to‘xtatishni» va «Ukrainada BMT Nizomini hurmat qilish asosida to‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish, adolatli va mustahkam tinchlik o‘rnatishni» qo‘llab-quvvatlashni talab qilgan.
Yevropa diplomatiyasi rahbari, shuningdek, Xitoyni Yevropa Ittifoqi bilan iqtisodiy munosabatlar muvozanatini tiklashga va o‘zaro bozorga kirishni yaxshilashga chaqirdi. Bundan tashqari, Xitoy «Yevropa kompaniyalari uchun jiddiy xavf tug‘diradigan va global ta’minot zanjirlarining ishonchliligiga tahdid soladigan noyob metallar eksportidagi cheklovlarni» to‘xtatishi kerak, deb hisoblaydi Yevropa Ittifoqi oliy vakili.
24—25 iyul kunlari Pekinda Yevropa Ittifoqi-Xitoy sammiti o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unda Bryussel va Pekin diplomatik munosabatlarning 50 yilligini nishonlaydi.
Mavzuga oid

16:34
Rossiyada o‘yinchoq qurol bilan raqsga tushgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

15:55
NYT: AQSh yangi sanksiyalarining yo‘qligi eskilari ta’sirini pasaytiryapti

12:38
Ukraina dronlari Rossiyaning Lipetsk viloyatiga hujum qildi

12:33