Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga tashrifi yakunlandi
Fuzuliy xalqaro aeroportida O‘zbekiston prezidentini Ozarboyjon madaniyat vaziri Odil Karimli va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga davlat tashrifi yakuniga yetdi, deb xabar beradi prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbari 2 iyul kuni Boku shahrida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi.
Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Ozarboyjon do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari hamda amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tashrif doirasida hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.
Yetakchilar Boku shahrida birgalikda «O‘zbekiston» bog‘iga asos soldi va O‘zbekiston elchixonasining yangi binosini ochdi, Sea Breeze dam olish maskani faoliyati bilan tanishdi.
3 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Ozarboyjon prezidenti hamrohligida Xonkendi shahridagi qo‘shma tikuvchilik fabrikasi faoliyati hamda Ag‘dam shahridagi «Imorat» tarixiy-me’moriy majmuasi bilan tanishdi.
Bugun Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etib, sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi va qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Sammit doirasida Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif va Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdul G‘ani Barodar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. Fuzuliy xalqaro aeroportida O‘zbekiston prezidentini Ozarboyjon madaniyat vaziri Odil Karimli va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
Mavzuga oid

20:05
Moskva viloyatidagi Ozarboyjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi

17:51
Shavkat Mirziyoyev Xonkendida Pokiston bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi

17:41
Rossiyada ozarboyjonlik kriminal avtoritet Vagif Bakinskiy ushlandi

16:40