Jahon | 13:28 / 07.07.2025
1759
3 daqiqa o‘qiladi

AQShda America Party'ni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirildi

Amerika partiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlar AQSh Federal saylov komissiyasiga topshirildi. Uni Ilon Mask topshirganmi yoki yo‘qmi noma’lum. Avvalroq Tramp Maskka subsidiyalar auditi bilan tahdid qilgan edi.

Foto: Gettyimages.ru / Kevin Lamarque

6 iyul, yakshanba kuni AQSh Federal saylov komissiyasi (FEC) ma’lumotlar bazasida Amerika partiyasini yaratish uchun ariza paydo bo‘ldi. Uni amerikalik milliarder, SpaceX va Tesla asoschilaridan biri Ilon Mask topshirganmi yoki yo‘qmi noma’lum. Maskning o‘zi hujjatlar topshirilganini hali tasdiqlamadi. Nomzod sifatida milliarder Ilon Mask, g‘aznachi sifatida esa Tesla kompaniyasining bosh moliya direktori, hindistonlik Vaybxav  Taneja qayd etilgan.
 
Bundan tashqari, ma’lumotlar bazasida Amerika partiyasi Milliy qo‘mitasi, shuningdek, X va DOGE partiyalarini (ishi Mask tomonidan boshqarilgan Department of Government Efficiency - Hukumat samaradorligi departamenti xuddi shu nomga ega edi) yaratish uchun arizalar mavjud. Bu arizalarni aynan kim topshirgani ham noma’lum.

Iyun oyi oxirida Mask AQSh prezidenti Donald Trampning federal xarajatlarni qisqartiruvchi, biroq ayni paytda jiddiy soliq imtiyozlarini nazarda tutuvchi qonun loyihasiga rozi bo‘lmagan bir paytda AQShda yangi siyosiy partiya tashkil etishni taklif qilib, mamlakat hozirda «bir partiyali» ekanini ta’kidladi.

6 iyul kuni AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining sobiq tarafdori, milliarder Ilon Maskning o‘z partiyasini yaratish g‘oyasiga izoh berdi. Oq uy rahbari Nyu-Jyersidagi golf klubidan Vashingtonga ketayotib, jurnalistlarga: "Uchinchi partiyalar hech qachon ishlamagan, shuning uchun u bu bilan o‘yin qilishi mumkin, lekin menimcha, bu kulgili", dedi.

Keyinroq Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Mask «butunlay aqlini yo‘qotganini» yozdi. Prezidentning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlarda uchinchi partiya yaratishga urinishlar hech qachon muvaffaqiyat qozonmagan, chunki Qo‘shma Shtatlardagi ikki partiyaviy siyosiy tizim «ular uchun ishlamayapti». «Uchinchi partiyalar uchun yaxshi bo‘lgan yagona narsa — bu to‘liq tartibsizlikni yaratish va biz o‘z ishonchini va aqlini yo‘qotgan radikal so‘l demokratlar bilan yetarli darajada buni ko‘rdik!» — dedi Tramp.

Mavzuga oid