O‘zbekiston | 22:49 / 07.07.2025
1930
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

TIV rahbari Baxtiyor Saidov yangi elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi. Indoneziyaning oldingi elchisi o‘tgan yil iyunda Toshkentda vafot etgan edi.

Foto: TIV

Siti Ruhaini Juhayatin Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda TIV rahbari Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

Tashqi ishlar vaziri yangi tayinlangan elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.

«Siyosiy muloqotdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladik. Shubhasiz, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ko‘plab sohalarda keng imkoniyatlar mavjud», — deb yozadi Baxtiyor Saidov o‘zining Telegramʼdagi kanaliga.

Shuningdek, u elchining boy tajribasi qadrlanishi ta’kidlab, uning mamlakatdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yildan beri Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Sunario Kartadinata 2024 yilning iyun oyida Toshkentda vafot etgan edi.

Mavzuga oid