Jamiyat | 15:14
728
2 daqiqa o‘qiladi

AQShga ishga yuborish evaziga 22 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sergeli tumani bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Unda, fuqarolar I.Q. va A.A. (muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan) fuqaro A.T.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 22 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, departamentning Namangan viloyati boshqarmasi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.T. fuqaro A.A. va boshqalarni tanishlari orqali Yaponiya davlatiga ishga yuborishi evaziga avvaldan kelishilgan 32 000 AQSh dollaridan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shuningdek, departamentning Farg‘ona shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda B.G. MChJ Farg‘ona filiali rahbari N.A. fuqaro A.A.ga o‘zini go‘yoki Tashqi mehnat migratsiya agentligi xodimi sifatida tanishtirib, uni Janubiy Koreya Respublikasiga ishga yuborishi uchun 10 000 AQSh dollari evaziga sertifikat tayyorlab berishini aytib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda chet tillarni o‘rgatuvchi “A.” o‘quv markazi xodimi X.Sh. fuqaro F.O.ni Janubiy Koreya Respublikasiga ishga yuborishi uchun G1 viza rasmiylashtirib berishini aytib, undan 4 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid