Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Xitoydan havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib oldi - OAV
Eron shu paytgacha o‘z osmonini Rossiyada ishlab chiqarilgan C-300 tizimlari yordamida himoya qilib kelayotgandi. Ammo Isroil bilan urush ularning samarasiz ekanini ko‘rsatib berdi.

Foto: AFP
Eron 12 kunlik urush davomida Isroil tomonidan ulkan talafotga uchragan havo hujumidan mudofaa tizimlarini tiklash uchun Xitoydan zenit raketa majmualarini sotib oldi. Bu haqda Eddle East Eye o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, qurollar 24 iyun kuni, tomonlar sulh imzolaganidan keyin topshirilgan. Eron qancha va qaysi turdagi majmualarini xarid qilgani noma’lum, ammo ta’kidlanishicha, u Xitoy bilan savdoni neft orqali amalga oshirgan. Yana bir manbaning qo‘shimcha qilishicha, AQShning arab davlatlari orasidagi ittifoqchilari bundan xabardor bo‘lgan va Vashingtonga tegishli ma’lumotni yetkazgan.
Eron o‘z osmonini himoya qilishda Rossiyaning «Favorit» C-300 zenit raketa majmualaridan foydalanib kelayotgan edi, ammo Isroil bilan urush vaqtida uning samarasiz ekanini namoyon etdi.
AQSh tomonidan Isroilga yetkazib berilgan F-35, F-16 va F-15 qiruvchi samolyotlari Eronning yadro obektlari 50 kilometrgacha yaqinlashib, boshqariluvchi aviabombalarni tashladi. Ammo hujum vaqtida faqat bitta bazadagi zenit raketa majmuasi ishga tushdi, qolgan bazadagilar esa yuz berayotgan voqeadan bexabar bo‘lgan.
Mavzuga oid

20:48 / 08.07.2025
XAEA rahbari Eronning yadro dasturini yo‘q qilib bo‘lmasligini aytdi

14:35 / 08.07.2025
Axios: Isroil Eronga ehtimoliy yangi hujumga tayyorlanmoqda

14:57 / 07.07.2025
Tojikiston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasiga qo‘shilmoqchi

18:52 / 06.07.2025