Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya yil oxirigacha Hindistondan 1 million mehnat migrantini qabul qilishi mumkin
Mamlakat sanoat korxonalari ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishi kerak, biroq ishchi kuchining yuqori tanqisligi kuzatilmoqda.

Foto: Reuters
Rossiya yuqori malakali kadrlar yetishmovchiligini qoplash uchun Hindistondan 1 million mehnat migrantini jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ural Savdo-sanoat palatasi rahbari Andrey Besedin ma’lum qildi.
«Hindistonlik hamkasblarimdan eshitganimdek, yil oxirigacha Rossiyaga, jumladan, Sverdlovsk viloyatiga Hindistondan 1 million mutaxassis keladi. Yekaterinburgda ushbu mamlakatning yangi Bosh konsulligi ochilmoqda, u ushbu masalalar bilan shug‘ullanadi», deb tushuntirdi u YeAN agentligiga bergan intervyusida.
Besedin so‘zlariga ko‘ra, Rossiya sanoat korxonalari ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishi kerak, biroq mintaqada ishchi kuchining yuqori tanqisligi kuzatilmoqda. Xodimlarning bir qismi Ukrainadagi «maxsus operatsiyaga» jalb qilingan, yoshlar esa zavodlarda ishlashga ishtiyoqi yo‘q, bu esa «mamlakatdagi avvalgi mafkuraviy xato» bilan bog‘liq.
Hindistondan tashqari Shri-Lanka va Shimoliy Koreya bilan ham ish olib borilmoqda. Biroq, palata rahbari ta’kidlaganidek, ushbu mamlakatlardan kelgan mehnat migrantlari bilan hamkorlik qilish qiyin kechishi mumkin.
Yangi ishchilar, birinchi navbatda, yuqori malakali mutaxassislar zarur bo‘lgan metallurgiya va mashinasozlik sanoatiga yuboriladi.