Jamiyat | 10:16
3226
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Yangi O‘zbekiston bog‘i qarshisidagi yo‘lning ikkinchi tomoni ham vaqtincha yopildi

Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Toshkent viloyatidan poytaxtga qarab harakatlanib kelishda, Yangi O‘zbekiston bog‘i qarshisidagi qismi 9 iyuldan 9 avgustgacha yopildi.

Foto: Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi

Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Yangi O‘zbekiston bog‘i manzilida yerosti yo‘l o‘tkazgichi qurilmoqda va qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan 2025 yil 9 iyul soat 07:00 dan 2025 yil 9 avgust kuniga qadar Yangi O‘zbekiston ko‘chasining (Toshkent viloyatidan harakatlanib kelishda) Yangi O‘zbekiston bog‘iga tutash qismidan avtoulovlar harakati to‘xtatiladi. 

Avtoulovlar harakati Yangi O‘zbekiston bog‘i chegara hududidagi yo‘l orqali Milliy bog‘ ko‘chasiga yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid