Jahon | 13:11
1396
2 daqiqa o‘qiladi

WSJ: Tramp Kiyevga yana bir Patriot tizimini berish haqida o‘ylamoqda

Patriot ZRK Jo Bayden davrida kelishilganidan tashqari Qo‘shma Shtatlar tomonidan Kiyevga berilgan birinchi yirik qurol tizimi bo‘lishi mumkin, deb yozadi The Wall Street Journal.

Foto : U.S. Army / Eugen Warkentin

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya agressiyasidan o‘zini himoya qilayotgan Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam berish niyatini e’lon qilgach, Kiyevga yana bir Patriot zenit raketa kompleksini taqdim etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 8 iyul, seshanba kuni The Wall Street Journal ikki manbaga tayanib xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, bu AQShning amaldagi ma’muriyati uchun muhim qadam bo‘ladi, chunki bu Trampdan avvalgi Amerika davlati rahbari Jo Bayden davrida kelishilganidan tashqari, Vashington Kiyevga taqdim etadigan birinchi yirik qurol tizimiga aylanishi mumkin.

WSJ manbalariga ko‘ra, Oq uy Pentagonga Ukrainaga yangi qurollar, jumladan bitta Patriot tizimini topshirish imkoniyatlarini aniqlashtirish uchun so‘rov yuborgan. Shu bilan birga, Amerika rasmiylari boshqa davlatlar Ukrainaga ushbu ZRKni taqdim eta oladimi yoki yo‘qmi, shu masalani tekshirmoqda, deb yozadi nashr.

AQSh mudofaa idorasidagi manba jurnalistlarga bugunga kelib Vashington Ukrainaga uchta Patriot tizimini taqdim etganini, Kiyev yana uchtasini Germaniyadan va bir guruh Yevropa davlatlaridan olganini eslatdi. Biroq, texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolar tufayli ularning barchasi ham hozirda foydalanishga tayyor emas. Bundan tashqari, AQSh va boshqa ittifoqchilar Ukrainaga ushbu ZRK uchun qancha raketa bera olishi hozircha noma’lum.

Mavzuga oid