Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi
Ular tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga pul talab qilgan.

Foto: DXX
U mansab mavqeyidan foydalanib, Oltinko‘l tumanida radio va teleapparaturalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJ tomonidan soliq va yig‘imlar bo‘yicha topshirilgan soliq hisobotlarida tovarlar realizatsiyasi to‘g‘ri aks ettirilmagani natijasida MChJga juda ko‘p miqdorda soliq hisoblanishi hamda soliq tekshiruvi o‘tkazilishini aytadi.
So‘ngra Soliq boshqarmasidagi hamkasblari orqali ushbu tekshiruvni o‘tkazmaslikni va’da qilib, evaziga 3000 AQSh dollari talab qiladi va muqaddam MChJ ta’sischisidan 500 AQSh dollari oladi.
U qolgan 2500 AQSh dollarini olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa holatda esa Surxondaryo viloyati Soliq boshqarmasining Soliq organlari faoliyati ustidan nazorat qilish bo‘limi bosh inspektori Jarqo‘rg‘on tumanida mototsikllar va ehtiyot qismlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJga nisbatan o‘zining vakolatli hamkasblari orqali sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish bilan qo‘rqitib, mazkur tekshiruvni amalga oshirmaslik evaziga MChJ rahbaridan 2500 AQSh dollari olgan vaqtida DXX va prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ushbu soliq idoralari xodimlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.